Personalni boshqarishning nazariy-uslubiy
-rasm. Bank personali tuzilmasi3
Download 156.5 Kb.
|
PERSONALNI BOSHQARISHNING NAZARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-rasm. Bank personalining boshqaruv ob‟ekti sifatidagi tavsiflari
1.1-rasm. Bank personali tuzilmasi3Bank personali tuzilmasi turli mezonlarga: xodimlar toifasiga, jinsiga, yoshiga, kasbiy-malaka belgilariga asoslanadi. Bunda miqdor va sifat ko’rsatkichlarini ham hisobga olish muhim. Tasnif belgilarining har biri boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotni beradi, biroq, mazkur jamoa uning oldiga qo’yilgan vazifalarni doim bajara oladimi, degan savolga aniq javob bera olmaydi. Muayyan vaqtda xodimlar salohiyatining, real ishga solinishi mumkin bo’lgan tavsiflari quyidagi rasmda berilgan (1.2-rasm). Fiziologik tavsiflar – sog’liq, ishchanlik, chidamlilik - insonning muayyan sharoitlarda va tartibda ishlash qobiliyatini belgilaydi hamda kadrlarni joylash, u yoki bu lavozimga tanlashda hisobga olinishi kerak. Psixologik tavsiflar insonning unumli yashash va ishlashga qobiliyatlarini shakllantiradi. 1.2-rasm. Bank personalining boshqaruv ob‟ekti sifatidagi tavsiflariIjtimoiy-madaniy tavsiflar xodimning ma‘lumoti, malakasi, kasbiy bilimlari va ko’nikmalari, dunyoqarashi, intizomliligi, tashabbuskorliligi, qobiliyatlari, qiziqishlari, motivatsiyasi kabi belgilarini qamraydi hamda u yoki bu boshqaruv uslubini qo’llashning qanchalik maqsadga muvofiqligini, joriy faoliyatni qat‘iy nazorat qilish zaruratini va hokazolarni belgilaydi. Bank personalini boshqarish inson omilini faollashtirish bo’yicha funksional, institutsional va amaliy vazifalar majmuidan iborat deb qaralishi kerak. Inson resurslarini boshqarish vazifalarini samarali hal qilish uchun ularni bajarishga boshqaruv rahbarlarini muntazam va ko’proq jalb qilish, bu vazifalarni boshqaruv bo’linmalari darajasida bajarish, ular faoliyatini rahbariyat tomonida nazorat qilinishi talab etiladi Kadrlar menejmenti – zamonaviy menejment yо’nalishlaridan biri bо’lib, tashkilot kadrlar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan. Kadrlar menejmenti tizimida quyidagilarni ajratish mumkin: operativ boshqaruv darajasi (kadrlar bо’yicha ishlar kо’proq ustuvor); taktik boshqaruv darajasi (personalni boshqarish kо’proq ustuvor); strategik boshqaruv darajasi (inson resurslarni boshqarish kо’proq ustuvor); korporatsiyani siyosiy boshqarish darajasi (kadrlar siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish ustidan nazorat qilish). Shunday qilib, kadrlar menejmenti – bu har qanday tashkilotni, jumladan Bankni boshqarish tizimining nihoyatda muhim elementi. 1.3-rasmda banklarda о’z yechimini kutayotgan menejment vazifalari ifodalangan. Bunda menejment deganda bank faoliyatini yо’naltirish yoki boshqarish tushuniladi. Ushbu rasmdagi bankda xodimlarni boshqarish vazifalariga asosiy g’oya, xodimlar, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, о’zgarishlar va moslashish kiritganmiz. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda nazariy manbalarga ya‘ni xodimlarni boshqarish, mehnat nazariyasi, psixologiya nazariyasi, menejment nazariyasi, tijorat bankini tashkil qilish va boshqarish nazariyasi hamda boshqa nazariyalar va usullarni bilishga bog’liqdir. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling