Personalni rag’batlantirish Reja


Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir


Download 122.81 Kb.
bet12/37
Sana26.02.2023
Hajmi122.81 Kb.
#1233033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Personalni-rag’batlantirish - копия


Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

  1. Partisipativ boshqaruv hamma bo’g’inlarda amalda ta'minlanishi darkor.

  1. Xodimlarning turli toifalari o’zlarining boshqaruvidagi ishtirokiga turlicha talablar qo’yishlarini hisobga olish kerak. Masalan, ishchilar mukofotlarni taqsimlash, moddiy va ma'naviy rag’batlantirish uchun nomzodlar ko’rsatishni birinchi o’ringa qo’yadilar. Muhimligi jihatidan topshiriqlarni jamoa a'zolari o’rtasida taqsimlash, ish yakunlarini chiqarish, keyin esa ish rejalarini, malaka oshirish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish ikkinchi o’rinda turadi.

Mutaxassislar esa birinchi o’ringa jamoa a'zolari nomzodlarini yuqori lavozimga ko’rsatishda o’z ishtiroklarini qo’yadilar. Moddiy va ma'naviy rag’batlantirish masalalarida ishtirok etish ularda kamroq qiziqish uyg’otadi.
Intizomiy uslublar noto’g’ri xatti-harakatlar uchun hayfsan e'lon qilish, ogohlantirish, imtiyozlardan mahrum etish, ishdan bo’shatish va boshqa choralar ko’rishdan iboratdir. Ular barcha muammolarni hal etish vazifasini o’tay olmaydi. Jazolangan inson aksariyat hollarda yaxshiroq ishlashga emas, balki kelajakda jazolanmaslikka harakat qiladi.
Intizomiy uslublar xodimlar xatti-harakatini tartibga solish uchun ularni tanqid etishni ham nazarda tutadi. Ammo hyech vaqt tanqid xodim shaxsiyatiga tegib ketmasligi kerak.

  1. Rahbar mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Bu nazorat har bir xodimning mas'uliyat hissi va o’z-o’zini nazorat qilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur.

  1. Ortiqcha jazolamaslik kerak. Ba'zanjazoningjiddiyligi rag’batlantirish darajasidan bir necha barobar ko’p bo’ladi. Holbuki, bir marta xatoga yo’l qo’ygan inson o’z qobiliyatiga ishonchni yo’qotib qo’yishi mumkin.

3. Foydali tanqidni ham ehtiyotkorlik bilan, o’z me'yorda ishlatgan ma'qul. Tanqid qilayotganda rahbar vazmin va muloyim bo’lishi kerak.
4. Rahbar xodimlarni ular ustidan tushgan shikoyatlar to’g’risida xabardor qilishi lozim. Bu to’g’ri qarorni birgalikda topishga ko’maklashadi.

Download 122.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling