Personalni rag’batlantirish Reja
Download 122.81 Kb.
|
Personalni-rag’batlantirish - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish haqining shakl va tizimlari.
Eng kam ish haqi O’zbekiston Respublikasida Mehnat kodeksiga muvofiq belgilangan haftasiga 40 soat, olti kunlik ish haftasida har kuni 7 soat, besh kunlik ish haftasida esa 8 soat ish vaqti me'yoridan kelib chiqqan holda har bir soat, kun, hafta yoki oy uchun belgilanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafa-qalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoniga binoan 2007 yilning 16 noyabridan boshlab minimal ish haqi miqdori 18630 so’m qilib belgilandi»1.
Eng kam ish haqi miqdorining o’rnatilishi mehnat kishisini ijtimoiy himoya qilish maqsadini ko’zlaydi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 1970 yilda qabul qilingan eng kam ish haqini o’rnatish to’g’risidagi konvensiya hamda eng kam ish haqini o’rnatish bo’yicha tavsiyalarda ham eng kam ish haqini o’rnatish mehnatkashlar va ular oila a'zolari ehtiyojlarini qondirishga qaratilishi kerakligi ta'kidlanadi. Eng kam ish haqini o’rnatishda quyidagilar hisobga olinadi: mehnatkashlar va ularning oila a'zolari ehtiyojlari; mamlakatdagi ish haqining umumiy darajasi; tirikchilik qiymati va undagi o’zgarishlar; ijtimoiy ta'minot bo’yicha nafaqalar; boshqa ijtimoiy guruhlar turmush darajasining taqqoslanmasi; iqtisodiy omillar, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning ahvoli, mehnat unumdorligi darajasi. Ish bilan bandlikni ta'minlash. Ish haqining shakl va tizimlari. Ular ish vaqti sarfi, personalning mehnat unumdorliti va uning ish haqi miqdori nisbatlarini ifodalaydi, shuningdek ishhaqi elementlari: tarif qismi, ustamalar, qo’shimcha to’lovlar, mukofotlar o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq korxona, tashkilot va muassasalar mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarini mustaqil ravishda belgilaydilar. Bu jamoa shartnomalari yoki boshqa me'yoriy hujjatlarda qayd etiladi. Bugungi kunda mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari behisobdir. Qator kompaniya va firmalar o’zlarida joriy etilgan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini ixtiro (nou-xau) darajasida baholaydilar va oshkor etmaydilar. Mehnatga haqto’lashning shakl va tizimlarini umumlashtirgan holda quyidagi umumiy tasnifga keltirish mumkin. Xodim mehnatiga haq to’lash miqdori uning shaxsiy mehnat ulushi, mehnat sifatiga bog’liq bo’lib, ish haqi miqdori hyech bir ravishda cheklanmaydi. Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling