Personalni rag’batlantirish Reja


Download 122.81 Kb.
bet32/37
Sana26.02.2023
Hajmi122.81 Kb.
#1233033
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Personalni-rag’batlantirish - копия

Ishbay haq miqdori xodimning mehnat unumdorligiga bog’liqdir. Ma'lumki, mehnat unumdorligi erishilgan ish natijasiga, xususan vaqt birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtiga qarab o’lchanadi.
Mehnatga haqto’lashning ishbay shaklini tanlash to’g’risida qaror qabul qilishdan avval bu shaklning personalga nisbatan korxona siyosatiga mos tushishiga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Jumladan, bajarilayotgan ishga ijodiy yondashuv ko’p hollarda mehnatga haqto’lashning vaqtbay shaklida yaxshiroq samara keltiradi.
Mehnatga haq to’lash ishbay shaklining turlari ko’p. Ular shaxsiy yoki jamoa asosida, bevosita va mukofotli bo’lishi mumkin. Uning progressiv va akkord turlari mavjud.
Tadbirkorlar o’rtasida ishbay tizimi xodimlar uchun rag’batlantiruvchi kuchga ega, mehnat unumdorligini oshiradi, mehnat xarajat-lari ustidan samarali nazorat o’rnatishni ta'minlaydi, degan fikrlar keng tarqalgan.
Biroq mehnatga haq to’lashning ishbay shakli va uning tizimlari boshqaruv uchun ancha murakkabdir. Chunki, bu tizimlarda samarali ishlab chiqarish standartlari, me'yorlari qo’llanilishi talab etiladi. Bu standart va me'yorlarni esa muntazam ravishda qayta ko’rib chiqish darkor. Shu bilan birgalikda ishbay shaklini barcha turdagi mehnat faoliyatiga qo’llab bo’lmaydi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli qo’llanilishi uchun quyidagilar mavjud bo’lishi lozim:

Mehnatga akkord haqto’lash ishbay shaklining bir turi bo’lib, bunda mahsulot birligi sifatida buyum, ish va xizmatlar majmui olinadi. Bu buyum, ish va xizmatlar majmuiga mehnat va ish haqi xarajatlari kalkulyasiyasi tuziladi. Ya'ni bu usulda bevosita ishbay shaklidan farkdi ravishda, ish haqi miqdori hisobi mahsulot birligidan yirikroqtayyor mahsulot birliklari bo’yicha chiqariladi.

Download 122.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling