Personal xizmati yoki yangi xodim bevosita rahbarining
shundan keyingi vazifalari:
yangi xodim bilan birga uning xizmat vazifalarini tahlil etib chiqish;
qilinishi mumkin xarajatlarni qoplash qoidalarini tushuntirish;
axborot maxfiyligi (tijorat siri)ga bo‘lgan talablar bilan tanishtirish;
ichki tartib qoidalar bilan tanishtirish;
tashkilotda qabul qilingan boshqaruv uslubi, ishlab chiqarish madaniyati, an’analar, me’yorlar va hokazolarni muhokama qilish;
personalga nisbatan asosiy talablar siyosati bilan tanishtirish;
tashkiliy tizim va bo‘ysunish tartibi (agar kerak bo‘lsa) bilan tanishtirish;
shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha instruktaj o‘tkazish;
yong‘in chiqqan vaqtda binodan chiqish qoidalari, qilina-digan ishlar, qo‘shimcha chiqish yo‘llari bilan tanishtirish;
xizmat vazifasiga ko‘ra aloqa tartibi bilan tanishtirish;
tashqi ko‘rinish bo‘yicha talablar bilan tanishtirish;
ruxsatnoma tizimi talablari, idorani, xizmat xonasini ochish, yopish tartibi bilan tanishtirish;
shaxsiy ehtiyoj bilan bog‘liq (oshxona, dam olish, chekish joylari va hokazolar) axborotlarni berish;
xodim ishlaydigan bo‘limdagi an’analar to‘g‘risida axborot berish;
maxsus ish tartiblari bilan tanishtirish;
bo‘lim yoki tashkilotdagi ishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
tashkilotning ma’muriy-xo‘jalik tizimi qanday ish-lashi, amaldagi qoida va tartiblarni tushuntirish;
— ishni bajarish talablari va standartlari bilan
tanishtirish;
— statistika tizimi bilan tanishtirish.
Yangi xodimlarga axborotlarni taqsim etish.
Buning amaliy yo‘li — hujjatlar to‘plamini tayyorlash. Ushbu to‘plamga quyidagilar kirishi maqsadga muvofiqdir:
operatsiya daftarlari (ularning har birida texnologikssiklning har bir operatsiyasi, amalda bajariladigan har bir harakat, ish bayon etiladi);
ish joyi daftarlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |