Perspektiva fani va uning qisqacha tarixi. Perspektiva turlari. 1-savol. Pеrspеktiva fanining maqsad va vazifalari. Pеrspеktiva turlari


- rasm Distansion (masofa) nuqtalar


Download 0.97 Mb.
bet4/6
Sana11.09.2020
Hajmi0.97 Mb.
#129266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma'ruza. KIRISH. PERSPEKTIVA FANI VA UNING QISQACHA TARIXI. PERSPEKTIVA TURLARI.


2- rasm
Distansion (masofa) nuqtalar. Ko‘rish nuqtasidan kartina tekisligigacha tanlab olingan masofa distansiya deyilib, u ufq chizig‘ida ikki marta belgilanadi. Bosh ko‘rish nuqtasining chap tomonida ufq chizig‘i bo‘yicha SP masofa o‘lchab qo‘yiladi va u nuqta D, bilan belgilana. Ufq chizig‘ining P nuqtasidan o‘ng tomonida SP ga baravar masofada olingan nuqta D2 bilan belgilanadi. Bu ikkala nuq- taning perspektiv tasvirlar yasashdagi ahamiyati juda muhim hisoblanadi. PDj va PD2 oraliqlar har qanday vaziatda ham bir xil kattalikda olinishi shart. Ular kartinaning distansion (masofa) nuqtalari ham deyiladi.

Perspektivaning geometrik apparatida S ko‘rish nuqtasidan kartinaga 45° burchak ostida chap va o‘ng tomonlarga gorizontal chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar ufq chizig‘i bilan uchrashib, distansion nuqtalarni hosil qiladi va ular D1 va D2 deb belgilanadi (2 va 3-rasm, a).



K kartina tekisligi va H narsalar tekisligi bilan tekis chizma, ya’ni Monj epyurini hosil qilish uchun KH kartina asosi aylanish o‘qi sifatida qabul qilinadi va uning atrofida H ni pastga K bilan bitta tekislik hosil qilguncha aylantiriladi. Shunda H tekislik kartina K bilan bitta vertikal holatga o‘tadi va u kartina epyuri deyiladi. Perspektiv apparatning bu holati qisqacha kartina deb ham ataladi. Kartinada D1 va D2 distansion nuqtalarni aniqlash uchun P dan yuqoriga SP masofa o‘lchab qo‘yiladi va u nuqta S' deb belgilanadi. S' dan S'P ga 45° burchak ostida to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilib, ufq chizig‘ida D1 va D2 nuqtalar aniqlanadi (3-rasm, b).

a) b)

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling