Perspektiva fani va uning qisqacha tarixi. Perspektiva turlari. 1-savol. Pеrspеktiva fanining maqsad va vazifalari. Pеrspеktiva turlari


Download 0.97 Mb.
bet6/6
Sana11.09.2020
Hajmi0.97 Mb.
#129266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma'ruza. KIRISH. PERSPEKTIVA FANI VA UNING QISQACHA TARIXI. PERSPEKTIVA TURLARI.


4- rasm

A1 nuqta sirkul yordamida A0 nuqtadan kartina asosi KH ga olib o‘tilib, hosil bo‘lgan A1K (bu yerda A1A1K chiziq kartinaga nisbatan 45° burchakni tashkil etadi) distansion nuqta D1 bilan tutashtirilsa, A nuqta orqali o‘tadi.

Demak, kartinaga 45° burchak ostidagi to‘g‘ri chiziqlar perspektivada distansion nuqtalardan birida uchrashar ekan (2-qoida).



B'1 dan KH ga perpendikular chiziq o‘tkazilib, B1K aniqlanadi. B1K dan vertikal chiziq chizilib, unga B'1B' balandlik o‘lchab qo‘yilib, P bilan tutashtirilsa, B' nuqtaning perspektivasi B orqali o‘tadi.

Demak, vertikal (H ga perpendikular, kartinaga parallel) to‘g‘ri chiziq perspektivada geometrik parallelligini saqlagan holda vertikal tasvirlanadi (3-qoida). Perspektiv tasvirlar yasashda ushbu qoidalardan foydalanilsa, ortiqcha yasashlardan halos bo‘linadi

Endi, ushbu yasash jarayoni tahlil qilinadi.

A1 nuqtadan kartina asosi KH ga perpendikular chiziq o‘tkazilib, hosil bo‘lgan A0 nuqta P bilan tutashtirilsa, bu chiziq nuqtaning perspektivasi A orqali o‘tadi.

Demak, kartinaga perpendikular to‘g‘ri chiziq perspektivada P bosh nuqtada uchrashar ekan (1-qoida).



Kartina epyurida (bundan keyin u faqat kartina deb yuritiladi) A nuqtaning perspektivasini yasash uchun A1 dan kartina asosi KH ga perpendikular chiziq chizilib, A0 aniqlanadi va u P bilan tutashtiriladi. A1A0 masofa kartina asosi KH ga olib o‘tiladi yoki A1 dan kartina asosiga 45° burchak ostida chiziq chizlib, A1K topiladi va u nuqta D1, bilan tutashtiriladi. P va D1, nuqtalarga yo‘nalgan to‘g‘ri chiziqlar o‘zaro kesishib, A1 nuqtaning A perspektivasini aniqlaydi (5-rasm).

B' nuqtaning H dagi asosining perpsektivasi xuddi A, nuqtaniki kabi yasaladi. B'1 dan KH ga perpendikular, ya’ni vertikal chiziq chizilib, B0 aniqlanadi va unga B' nuqtaning balandligi B0B'0 masofa o‘lchab qo‘yiladi va B'0 nuqta P bilan tutashtiriladi. B' dan vertikal chiziq chizilib, B'0P chiziqda fazodagi B' nuqta ningperspektivasi B topiladi (5-rasm).



5- rasm
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling