"перспективные задачи разработки и внедрения инновационных технологий в ветеринарии и животноводстве" международная научно-практическая конференция


Download 357.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi357.98 Kb.
#1593956
  1   2   3   4   5


"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ" 
международная научно-практическая конференция 
14-15 октября 
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI
373 
 
KURKA ASKARIDIOZINI DAVOLASHDA QO‘LLANILAYOTGAN ANTGELMINTIK 
PREPARATLARNING SAMARADORLIGI 
 
B. S. Rustamov., X. R. Berdiyev, A. A. Abduraimov, U. Z. Barotov 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 
 
 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kurkalar askaridiozini davolashda qo„llanilayotgan 
davolash kompleksining samaradorligi keltirilgan. Kurkalarning gelmintlar bilan zararlanishi, 
ayniqsa yosh jo„jalarda og„ir asoratlar sodir etadi. Tana vaznining o„sishi pasayadi. Gelmintozlar 
parrandalar tanasining gomeostaziga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ikkilamchi immunitet tanqisligi
disbakteriozni keltirib chiqaradi va organizmning immunitet holatini buzilishiga olib keladi. 
Kalit soʻzlar: Askarida, panafenb, albendazol, gelmintokoprologiya, kurka, antgelmintik, 
Ascaridia dissimilis, Eisenia foetida, Dendro baena masiupolinsis, Darling, Fyulleborn. 
Kirish. Hozirgi davrda ko„pchilik davlatlarning parrandachilik ishlab chiqarishida kurkachilik 
tarmog„i jadal rivojlanayotgan yo„nalish hisoblaladi. So„ngi yillarda bu sohaga bo„lgan e‟tibor va 
aholining keng qatlamlari qiziqishi sababli oxirgi 30 yil mobaynida respublikada yiliga 
yetishtirilayotgan parrandalar soni 34 mln. boshdan 93 mln. boshgacha yetkazildi, jami 
parrandalarning 44% ga yaqin ulushi ixtisoslashgan sanoat parrandachilik va fermer 
xo„jaliklarida, 56% aholi xonadonlarida boqilmoqda. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
uzluksiz ta‟minlash orqali mamalakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, 
ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda parrandachilikning kurkachilik 
yo„nalishi ham muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda parrandalar, xususan kurkalar orasida keng 
tarqalgan invazion kasalliklardan keladigan iqtisodiy zararni oldini olish hamda zamonaviy 
davolash va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi. 

Download 357.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling