Material va metodlar. Kurkalar askaridiozi Ascaridia dissimilis nematodasining parazitlik
qilishi tufayli kelib chiqadigan, klinik jihatdan oriqlash, kamqonlik va ayrim hollarda axlatning
suyuqlanishi bilan namoyon bo„ladigan gelmintozlardir. Ascaridia dissimilis geogelmint bo„lib
oddiy yo„l bilan rivojlanadi, ammo ularning rezervuar xo„jayinlari (Eisenia foetida va Dendro
baena masiupolinsis kabi yomg„ir chuvalchanglar) ham mavjud. Odatda kurka jo„jalari
zararlangandan keyin 7-8 kun o„tib, patologik jarayon sezila boshlaydi: jo„jalarda kam qonlik,
o„sishdan qolish, oriqlash ko„zga tashlanadi. Invaziyaning intensivligi yuqori bo„lganda hamda
parrandalar davolanmaganda jo„jalar orasida o„lim holatlari ortadi.
Panafenb – 1g da 222 mg fenbendazol saqlaydi, kukun holida 0.5 kg tayyorlangan shakllarda
ishlab chiqariladi (O„zbiokombinat mahsuloti) Panafenb keng qamrovli tasir doirasiga ega
antgelmintik bo„lib, parrandalar va boshqa hayvonlarning askaridiozini davolashda samarali
vosita hisoblanadi. Kurka askaridiozida bu yangi antgelmintik jo„jalarga (40 mg/kg t.v)
miqdorida 10 soat oziqlantirmasdan keyin omixta emga ertalab nahorda (1 bosh jo„jaga o„rtacha
10 g gacha em) yaxshilab aralashtirib beriladi, undan so„ng 4 soat davomida boshqa ozuqa, suv
berilmay turiladi. Tadqiqot obekti sifatida Samarqand viloyatining Pastdarg„om tumanidagi
shaxsiy yordamchi xo„jaliklar qaramog„idagi kurkachilik fermalaridan 105 bosh 2-6 oylik kurka
jo„jalaridan olingan tezak namunalari Darling va Fyulleborn usullari bilan kaprologik
tekshiruvdan o„tkazilib, tezak namunalarida askaridiya tuxumlari va so„yilgan kurkalarning
"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ"
международная научно-практическая конференция
Do'stlaringiz bilan baham: |