"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ"
международная научно-практическая конференция
14-15 октября
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI
373
KURKA ASKARIDIOZINI DAVOLASHDA QO‘LLANILAYOTGAN ANTGELMINTIK
PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
B. S. Rustamov., X. R. Berdiyev, A. A. Abduraimov, U. Z. Barotov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada kurkalar askaridiozini davolashda qo„llanilayotgan
davolash kompleksining samaradorligi keltirilgan. Kurkalarning gelmintlar bilan zararlanishi,
ayniqsa yosh jo„jalarda og„ir asoratlar sodir etadi. Tana vaznining o„sishi pasayadi. Gelmintozlar
parrandalar tanasining gomeostaziga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ikkilamchi
immunitet tanqisligi,
disbakteriozni keltirib chiqaradi va organizmning immunitet holatini buzilishiga olib keladi.
Kalit soʻzlar: Askarida, panafenb, albendazol, gelmintokoprologiya, kurka, antgelmintik,
Ascaridia dissimilis, Eisenia foetida, Dendro baena masiupolinsis, Darling, Fyulleborn.
Kirish. Hozirgi davrda ko„pchilik davlatlarning parrandachilik ishlab
chiqarishida kurkachilik
tarmog„i jadal rivojlanayotgan yo„nalish hisoblaladi. So„ngi yillarda bu sohaga bo„lgan e‟tibor va
aholining keng qatlamlari qiziqishi sababli oxirgi 30 yil mobaynida respublikada yiliga
yetishtirilayotgan parrandalar soni 34 mln. boshdan 93 mln.
boshgacha yetkazildi, jami
parrandalarning 44% ga yaqin ulushi ixtisoslashgan sanoat parrandachilik va fermer
xo„jaliklarida, 56% aholi xonadonlarida boqilmoqda. Aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan
uzluksiz ta‟minlash orqali mamalakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash,
ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda parrandachilikning kurkachilik
yo„nalishi ham muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda parrandalar, xususan kurkalar orasida keng
tarqalgan invazion kasalliklardan keladigan iqtisodiy zararni oldini
olish hamda zamonaviy
davolash va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.