Innovatsion menejment rivojlantirishning omillari va bashoratlash usullari Toshkent Moliya Instituti - Qisqa muddat oralig’ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab
- chiqarish samaradorligini ko’tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi,
- bozor ehtiyojini to’laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim.
- Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, joriy iqtisodiy siyosat bo’yicha yuqorida
- ko’rib o’tilgan masalalarni hal qilinishi bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish
- talab etiladi. Bular orasida birinchi o’rinda amalga oshirishi lozim bo’lgan choralarga
- quyidagilarni kiritish mumkin: -iqtisodiyotni rivojlanishi va isloh qilinishi monitoringi va
- tahlilining an’anaviy ishlab chiqarishni o’sishi va bandlik bo’yicha ko’rsatkichlaridan (sanoat,
- qishloq xo’jaligi, investitsiyalar dinamikasi va h.k.) tarkibiy va sifat indikatorlariga o’tish
- (eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushi, kichik va xususiy korxonalarda band bo’lganlar
- ulushi, investitsiyalar tarkibida xususiy kapitalning ulushi, tarmoq; orlarida mehnat
- unumdorligi va x..k.);
Innovatsion menejment rivojlantirishning omillari - Innovatsion menejmentning yakuniy maqsadi bo’lib, uzoq muddatli IKni
- funktsiyalashtirishni ta’minlash asosida innovatsion mahsulotni yuqori raqobatbardoshligini
- ta’minlash va innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etish yotadi. Firmada innovatsion
- jarayonlarni samarali tashkil etish mezonlari bo’lib, zamonaviy shartlarda innovatsion
- mahsulot realizatsiya qilishdan olingan foyda va innovatsion faoliyat xarajatlarini hisoblashga
- imkon beruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. IK ning foydalilik, daromadliligi maqsad
- sifatida emas, innovatsion faoliyatni amalga oshirish sharti va natijasi bo’lib hisoblanadi.
- Menejment IKning barcha ichki va tashki elementlarini samaradorligini hamda bir-biri bilan
- bog’liqligini ta’minlaydi. Innovatsion tizimning bu holatini uyg’unlik deb atash qabul
- qilingan. IK faoliyatida uyg’unlikka erishuv, innovatsion menejmentning asosiy maqsadli
- vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |