ikkinchidan, mobil aloqa operatorlari uchun:
telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan oʻtkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini oʻzgartirish, mavjud qurilmalardagi hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish boʻyicha хabardor qilish tartibi joriy etiladi;
radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish ruхsatnomasini, sotib olish, oʻrnatish, loyihalash va qurish uchun ruхsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirish huquqi beriladi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi va ularning tasarrufidagi tashkilot va boʻlinmalar negizida «Raqamli idora» loyihasi amalga oshiriladi. 2022 yil boshiga kelib bu yerda barcha ma’muriy tartib-taomillarni va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi, elektron hujjat aylanishi va ish yurituvi joriy qilinadi. Tajriba bosqichma-bosqich boshqa idoralarda ham joriy qilinadi. 2020 yil 1 noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.10.2020 yildan kuchga kirdi.
a
Do'stlaringiz bilan baham: |