Phil14mbk falsafa muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hisob
Download 426.36 Kb.
|
bdhuwrJiAZZZJgiLX5knAf7pe4G4tyfjOEvhndjt
Mеtodologiya bu fanda foydalanadigan bilish vositalari, usullarining majmui, shuningdеk, fanning ijodiy bilish va amaliy – o‘zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart-sharoitlari va prinsiplarini o‘rganuvchi ilmiy-falsafiy bilim sohasi hamdir.
Xulosa qilib aytganda, metodologiya – bilish faoliyati yo‘llari haqidagi ta’limot. Shu o‘rinda, уаnа shuni qayd etish kеrakki, fаn metodologiyasi samarali bilish faoliyatining umumiy tamoyillarinigina belgilab berishga qodir, аmmo u tadqiq qilinayotgan obyektning bilishning muаууаn уо‘llarini ko‘rsata bera olmaydi. Меtodologiya umumiy yondashuvlar уа tamoyillarni ishlab chiqsa – da, ammo metodik, yangi bilim olishning “retsepturasi” va “texnologiyasi” hisoblanmaydi. Bilish faoliyatining muayyan sohalarida metodologiyaning foydali faoliyati muammo yechimini topishning mumkin bo‘lgan variantlarini tanqidiy tahlil qilishda va tadqiqotning boshi berkligi ayon bo‘lgan yo‘llarini ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi2. Metodologiya bilish faoliyati haqidagi ta’limot sifatida ikki asosiy shakl: deskriptiv va normativ shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Deskriptiv metodologiya, mohiyat - e’tibori bilan ilmiy bilishning tarixiy - ilmiy “ertaklar”da to‘la shakllanish tarixidir. Tarixiy - ilmiy ishlarning metodoiogik qimmati doim ham anglanavermaydi. Umuman olganda, deskriptiv metodologiya muayyan fanning refleksiyasi yoki o‘z-o‘zini anglashining dastlabki va “kuchsiz” darajasidir. Normativ metodologiya — bilish faoliyatining metodoiogik tamoyillar shaklida ta’riflangan umumiy yo‘llari to‘g‘risidagi ta’limot, ya’ni normativ metodologiya, fanning o‘z-o‘zini aniq anglash hodisasi, aniq refleksiyadir. Metodologiyani fan sifatida tahlil qilishga (mohiyat e’tibori bilan metodologiyaning metodologiyasiga) nisbatan boshqa bir yondashuv unda formal va mazmunli metodologiyalarni ajratishni nazarda tutadi. Formal metodologiyaning predmeti asosan til va ilmiy bilim mantig‘idir. Shuning uchun ham formal metodologiya ko‘proq ilmiy bilimni asoslash muammolari bilan shug‘ullanadi. Mazmunli metodologiyaning predmeti asosan yangi bilimning vujudga kelishi va o‘sishidir. Shuning uchun ham mazmunli metodologiya ko‘proq ilmiy bilim rivojlanishining tarixiy mantiqiy jarayonlarini tahlili bilan shug‘ullanadi. Formal metodologiya, masalan, pozitivizm va neopozitivizmga (Kont, Mill, Karnap, Vitten Shteyn), mazmunli metodologiya esa postpozitivizmga (Popper, Kun, Feyerabend) xos. Metodologiyaning falsafiy darajasi gnoseologiya (epistemologiya, bilish nazariyasi, bilish haqidagi ta’limot) muammolariga yaqin. Metodologiyaning umumilmiy darajasi alohida ilmiy bilan falsafiy bilimning o‘ziga xos sintezidir. Metodotogiyaning alohida ilmiy darajasi esa o‘z navbatida, umumilmiy metodologiya bilan tegishli xususiy fan bilimlar tizimining sintezi demakdir (masalan, “fizika metodologiyasi”, “kimyo metodologiya”, “ekologiyaning metodologik muammolari”, “tilshunoslikning metodologik muammolari” tushunchalari ilmiy muomalaga kiritiladi). Ma’lumki, har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi obyektni o‘rganishga kirishar ekan, o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo‘lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida ma’lum davr ichida tinmay turli xil izlanish va tadqiqotlar olib borib, o‘z tadqiqot jarayonida turli xil yo‘llar, usullar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy jarayonlarni kechiradi. Shundan keyingina o‘zi tadqiqot olib borayotgan predmet yoki hodisa yuzasidan ma’lum yangi bilimlarni hosil qilishi mumkin. Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi. Ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi uchun qo‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini, ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotning xarakteri va uning natijasida hosil bo‘lgan yangi bilimlar tadqiqotchining o‘z faoliyatida qanday metodlarni tanlaganiga, ulardan qanday foydalanganiga bog‘liq. Tadqiqotchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan metodlar tadqiqotning muvaffaqiyatli yakunlanishiga olib keladi. Aksincha, noto‘g‘ri tanlangan yoki noto‘g‘ri qo‘llangan metodlar tadqiqotchini o‘z izlanishlarida boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yib, tadqiqotining muvaffaqiyatsiz, samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta’limot sifatida o‘zida kishilar dunyoqarashi prinsiplarini, ularning bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga tadbiq etishni o‘rganadi. Ular quyidagilar: 1. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy metodlar. 2. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy metodlar. 3. Ihniy bilishning eng umumiy metodlari. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari — bular ko‘pchilik yoki bir guruh fan sohalarida qo‘llaniladigan, ilmiy bilishning empirik bosqichiga oid bo‘lgan metodlardir. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar esa, ilmiy tadqiqotlarning nazariy bosqichda qo‘llanadigan metodlardir. Ilmiy bilish ko‘plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. Ilmiy bilishning eng umumiy ilmiy metodining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tadqiqotchilarning har qanday ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot sohasida qo‘llaniladi. Ilmiy bilishda metodlarning xilma – xil va ko‘p bo‘lishi insonning dunyoni bilib olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va uni chuqurroq bilishga imkon beradi. Ilmiy bilishning bu metodlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bilishning qaysi bosqichi va qaysi darajasida qo‘llanishi, o‘zlarining tabiati va xarakterlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Download 426.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling