Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
O‘QUV LUG‘ATINING LEKSIKOGRAFIK JANR SIFATIDA O‘RGANILISHI
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
O‘QUV LUG‘ATINING LEKSIKOGRAFIK JANR SIFATIDA O‘RGANILISHI
Abduraxmonova Nilufar, O‘zbekiston Milliy universiteti professori,filologiya fanlari doktori Boysariyeva Saodat, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Latipova Gulasal, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Manbalarda ko‘rsatilishicha 1 , XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida ingliz tilining dunyo miqyosi- da ommaviylashuvi natijasida keng miqyosda o‘quv leksikografik tadqiqotlar uchun uchun stimul vazifas- ini bajardi. Unga ko‘ra 1930-yillarda talaffuz qilinuv- chi simvollar tizimini qayta ishlash borasida dastlabki leksik minimum tushunchasi paydo bo‘ldi. Rus va ingliz tillarida o‘quv lug‘atlarini yaratish ancha oldin- roq boshlangan bo‘lsa-da, uning tom ma’noda shak- llanish taraqqiyoti XX asrning 2-yarmiga to‘g‘ri kela- di. Tilni xorijiy til sifatida o‘qitish metodologiyasining alohida fan sifatida shakllanishi natijasida ta’limga yo‘naltirilgan lug‘atlarni yaratish xususiy maqsadlar- dan kelib chiqqan deb aytish mumkin. Tabiiyki o‘quv lug‘atlarini boshqa lingvistik lug‘at- lardan alohida belgilari mavjud. Xususan, V.V. Mo- rovkin o‘quv lug‘atdagi so‘zlarni saralashdagi eng asosiy tamoyillardan biri sifatida muayyan chet tilini o‘qitishning maqsad, vazifalari, bosqichi va real sha- roiti, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ularning millatini hisobga olish zarurligi, qolaversa, lug‘atning strukturasi va kontenti o‘quv-uslubiy maqsadga mu- vofiqligi, ona til va xorijiy tillar o‘rtasidagi tizimli muno- sabatni nazarda tutadi 2 . Tarixiy faktlarga asoslanilsa, Rossiyada o‘quv lug‘atchiligi XVIII asrdan rivojlana boshlangan 3 . O. Petrushova o‘z tadqiqotida dastlabki ingliz-rus tarji- ma lug‘ati ingliz tili grammatikasi uchun ilova tarzda nashr ettirilganligi, keyinchalik o‘quv lug‘atlarining so- haviy ko‘lami xususiylashganini ta’kidlaydi. Shuningdek, muayyan ma’noda o‘quv lug‘atini 1 Петрушова О. Л. Учебные словари в межкультурной ком- муникации: Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ярославль, 2009. – C. 9. 2 Морковкин В.В. Основы теории учебной лексикографии: Автореф. дис. ... доктора филол. наук. – M.: Ин-т рус. яз. им. А. С. Пушкина, 1990. – 72 с. 3 Петрушова О. Л. Учебные словари в межкультурной ком- муникации: Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ярославль, 2009. – C. 9. filologik maqsadga yo‘naltirilgan lug‘atlardan farqlash lozim. Boshqa fan va sohalarning ta’limiga yo‘nal- tirilgan lug‘atlar ham shular sirasiga kiradi. Bun- day lug‘atlar ko‘proq terminologik xarakterga ega. O‘zbek tilidagi birinchi sohalashtirilgan o‘quv lug‘ati sifatida 1953-yilda nashr etilgan “O‘zbek klassik ad- abiyoti asarlarini o‘qish uchun qisqacha lug‘at”ini na- muna sifatida keltirish mumkin. O‘quv lug‘atchilikka doir tadqiqoqtlar nafaqat til o‘qitish sohasining, balki pragmalingvistika, lingvokul- turologiya, tarjimashunoslik, qolaversa, madaniyat- lararo muloqot nazariyasining ham o‘rganish obyekti hisoblanadi. Shu jihatdan ushbu yo‘nalishda olimlar turli nuqtai nazardan tilni tushunish va uni kommu- nikatsiyada qo‘llash masalasida muammoli jihat- larga alohida e’tibor qaratishadi. O‘quv lug‘atlarni shakllantirishning psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish bugungi tilshunoslikning eng munozarali nuqtasiga aylangan. Zero tilni tushunish va uni tafak- kur doirasida nutqda qayta yaratish jarayoni uchun muayyan darajada amaliy eksperimental tadqiqotlar olib borish zaruriyati borligini ko‘rsatadi. Manbalar- da ta’kidlanishicha, lug‘atdan topilgan ma’lumot foy- dalanuvchining semantik xotirasiga aniq va qanday ta’sir qiladi 4 . Lug‘at yaratishda leksikograflar tomoni- dan yuqoridagi savollar kesimida lug‘at yaratishning psixolingvistik jihatlariga e’tibor qaratiladi. Til o‘rgan- ayotganda o‘quvchilar turli xildagi lug‘atlarga muro- jaat etarkan psixolingvistik omillar birlamchi sanaladi. U yoki bu turdagi lug‘at turi qaysi auditoriyaga mo‘ljal- lanishi hisobga olinadi. Bizningcha, muayyan xorijiy tilni tushunish 4 turd- agi jarayonda voqelanadi: – u yoki bu so‘z haqida avvaldan ma’lumotga ega emaslik; 4 https://euralex.org/elx_proceedings/Euralex1986/022_ Henri%20Bejoint%20(Lyon)%20-Psycholinguistic%20 evidence%20and%20the%20use%20of%20dictionaries%20 by%20L2%20learners.pdf 32 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics – so‘zni avval eshitgan yoki ko‘rgan, lekin ma’nosi anglashilmaslik; – biror so‘z xususiy konteksdagina anglashilishi; – ayrim so‘zlar alohida iste’molda qo‘llanganda ham tushunarli bo‘lishi. O‘quv lug‘ati foydalanuvchilarga mavhum tush- unchalarni konteksda tushunish maydonini aniqlab beradi. Psixolingvistikaning rivojlantiruvchi psixolingvis- Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling