Photoshopning uskunalar paneli va palitralari


Download 2.61 Mb.
Sana13.11.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1770050
Bog'liq
Photoshop uskunalar paneli va palitralari

Photoshopning uskunalar paneli va palitralari


11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 4-mavzu

PhotoShopning uskunalar panelida 23 ta tugma bo’lib, ular dastlab bitta ustun ko‘rinishida joylashgan bo’ladi.


Panelning sarlavha satrida joylashgan qo‘shaloq uchburchak ko‘rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko‘rinishida joylab chiqish mumkin.
Uskunalar panelidagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi.
Uskunalar paneli to‘rt qismga ajratilgan bo‘lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to‘rtta, to‘rtinchisida esa beshta tugma joylashgan.

Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko‘p bo‘lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo‘ladi.


Agar uskuna tugmasining o‘ng quyi burchagida qora uchburchak bo‘lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi.

Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin.

Uskunalar ulardan foydalanib bo‘linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo‘lsa-da, dastlab unga ko'nikish qiyin kechadi.


Shuning uchun uskunadan foydalanib bo'lgach, darhol Pyxa (Dasta) uskunasini tan- lashga odatlaning.

Bu uskuna uskunalar panelining to‘rtinchi bo‘limida birinchi bo‘lib joylashgan. U ishchi sohaga sig‘maydigan katta o‘lchamli tasvirning kerakli qismiga o‘tish uchun xizmat qiladi.

Palitra deb rassomlar bo'yoqlarni ara- lashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi.


Uskunalar panelida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi.

Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi.


Rassomlar palitraga kerakli bo‘yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitralarni joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin.

Palitralar ilova oynasining o‘ng tomonidagi palitralar sohasida joylash- gan bo'lib, muloqot oynalariga o'xshab ketadi.


Lekin ulardan farqli ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o‘zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo‘ya- miz.

Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, Слои (Qatlamlar), Каналы (Kanallar), История (Oxirgi amallar) palitralari PhotoShopning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.

Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Okho (Oyna) bo‘limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning ba’zilarida bayroqchalar o‘rnatilgan va bu palitralar ekranda ko‘rinib turadi.

Palitraning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun o‘ng quyi burchagini sichqoncha yordamida sudrash kerak bo‘ladi.


Palitra oynasining yuqorisidagi sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga olib o‘tish mumkin.

Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko‘rsatkichini sichqoncha yordamida chapga sudrab rasm masshtabini kamaytirish, o‘ngga sudrab kattalashtirish mumkin.


Surgichning o‘ng tomonidagi tugma masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi.
Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling