Pichoqchilik san’ati


Download 0.81 Mb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1037763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pichoqchilik

Hunarmandlar qadimdan birbiri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan. Buxoroda «So’fikordgar» qishlog’ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U yerda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda O’rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o’zlashtirish natijasida Uzbekiston jumhuriyatidagi pichoqsozlar milliy pichoqni san’at darajasiga ko’targanlar. Mashhur venger sayyohi A. Vamberi o’zining ajoyib «O’rta Osiyo bo’ylab sayoqat» asarida Qashqadaryo ning pichoqchiligi haqida bunday deydi: «...bir xillari sifat jixatidan hisorlilarnikidan ustun bo’lmasa ham, ammo, butunlay O’rta Osiyoga tarqalgan bo’lib, xo’jalar tomonidan hatto Eron, Arabiston, Hindistonga olib borilar va o’z mahalliy joyidan ko’ra, chet ellarda pichoqlar 3—4 baravar qimmat sotilar edi. Inqilobdan so’ng hunarmandchilikni rivojlantirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Shular qatori pichoqchilikni yanada rivojlantirish uchun O’zbekistonning turli viloyatlarida artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi. 1932 yilda Chustda «Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Bu yerda pichoqlar ishlab chiqarila boshlandi. 1949 yildan boshlab Artel rayon maishiy xizmat ko’rsatish kombinati deb yuritildi.

PICHOQChILIK MAKTABLARI

PICHOQChILIK MAKTABLARI

Jumhuriyatimizda yigirmaga yaqin pichoqchilik markazlari bo’lib, ular yasalish usuliga ko’ra Chust (tus) pichog’i, poytug’ pichog’i, qo’qon pichog’i, krrasuv pichog’i, shahrixon pichog’i kabilarga bo’linadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling