Pichoqchilik san’ati


PIChOQNING TUZILIShI VA UNING BEZAGI


Download 0.81 Mb.
bet6/6
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1037763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pichoqchilik

PIChOQNING TUZILIShI VA UNING BEZAGI

PIChOQNING TUZILIShI VA UNING BEZAGI

Pichoq uchta qismdan tig’, dasta va qindan iborat.

Tig’ — pichoq tig’i, pichoqning gulbanddan yuqorigi, ya’ni kesadigan qismi. Qadimdan tig’ni o’tkirlash va silliqlashga katta e’tibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi o’yg’ich qalamlar bilan bezatiladi. To’g’ri tig’li pichoq, tig’i tol bargini eslatuvchi, o’tkir tig’li birmuncha tepaga qayrilgan o’tkir tig’li, tig’ida chuqurchasi yoki tishlari bo’lgan pichoqlar bo’ladi.

Pichoq dastasi — dasta x,ar xil bo’lib, o’ziga yarasha usullarda yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalar bo’ladi.

Suqma dasta — pichoqchiliqda suqma sop deb ham yuritiladi. Yog’och, shox, suyak, metall va boshqalarni ichini teshib, dumga suqib, mahkam qilinadi.

Yorma dasta — pichoqchilikda, metall sopining ikki yuziga yorma yog’och, suyak, shox va boshqalarni bo’laklari o’rnatilgan pichoq. Pichoq dastalari hayvon shoxi, suyagi, tishi, metall, yog’och hamda plastmassa va boshqa materiallardan ishlanadi.

PIChOQChILIKDA IShLATILADIGAN MATERIALLAR

PIChOQChILIKDA IShLATILADIGAN MATERIALLAR

Pichoq temir yoki po’latdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik temir kashf etilgandan keyin temir pichoqlar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri, gazlama, metall, yog’och va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka va boshqa materiallar ishlatiladi. Pichoq bandi yog’ochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tig’ini tayyorlashda zok ishlatiladi.

PIChOQChILIKDA IShLATILADIGAN ASBOBLAR

PIChOQChILIKDA IShLATILADIGAN ASBOBLAR

Temirchi kabi pichoqchi usta ham do’konda o’choq, dam, sandon, bozg’on, egov, bolg’a va boshqa juda ko’p asboblar bilan ishlaydi. Shulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling