Pielonefrit sabablari


Tashxis qanday qo`yiladi?


Download 72.05 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi72.05 Kb.
#1629504
1   2   3   4   5
Tashxis qanday qo`yiladi?
Pielonefrit peshobning umumiy klinik tahlilida aniqlanadi. Farzandingizni undan himoyalamoqchi bo`lsangiz, yiliga 1-2 marta shu tekshiruvdan o`tkazib turing. Mabodo kasallik tasdiqlansa, bolaga bir kurs antibiotiklar shifoxonada yotib davolanish rejimi asosida buyuriladi. Faqat shu holatda buyrak etarlicha qon bilan ta`minlanadi, demak, dori-darmon ham shuncha yaxshi singadi. Bundan tashqari, kichkintoyga klyukva sharbati va gazsiz mineral suv berish kerak. Ko`p suyuqlik jomchalarni yuvib o`tadi. Beliga esa junli sharf o`rang. Issiq tutish sog`ayishni kuchaytiradi.
Beshinchi stol
Pielonefritga chalingan bolaga beshinchi stol parhezi tayinlanadi. Bunda ba`zi cheklovlar bor.
Mumkin emas:

  • Bola taomnomasidan ekstraktiv moddalarni chiqarib tashlang. Ular go`shtli va baliqli sho`rvalar, qovurilgan ovqatlar, tuzlamalar, dudlama, piyoz, sarimsoq piyoz, ismaloq, gulkaram, xantal, erqalampir, selderey tarkibida bo`ladi. Demak, bular bemor bolaga mumkin emas.

  • Yog`siz go`shtdan ovqat pishiring. Ekstraktiv moddalardan himoyalamoqchi bo`lsangiz, go`sht sho`rvasini bolaga ichirmang.

  • Bug`doy noni, shakar, qandolat mahsulotlari, choy, asal, shokolad, gazlangan suv iste`moliga yo`l qo`yilmaydi.

Mumkin:

  • Sariyog` ham, o`simlik yog`lari ham ta`qiqlanmaydi. Mevalardan tayyorlanadigan kompot, mors, sharbatlar ayniqsa foydali. Sabzavotlardan kartoshka, karam, lavlagi, sabzi, sholg`om, pomidor, bodring, qovoq eyish mumkin.

  • Turli yormalardan tayyorlanadigan bo`tqalar, makaron, kuniga 1 dona tuxum bering. Aminokislotalar bu vaqtda havodek zarur.

  • Sut va sut mahsulotlarini qo`rqmasdan iste`mol qilish mumkin. Yogurt, ryajenka, asidofilin antibiotiklar bilan davolanayotgan bemor oshqozoni mikroflorasini yaxshilaydi. Bola sutkasiga 40-50 gr tvorog, yog`siz smetana va yumshoq pishloq iste`mol qilishi shart.


Download 72.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling