Pilla chuvishda qo’llaniladiga texnalogiyalar Reja: Pilla chuvishning maqsadi
Download 186.29 Kb.
|
1 2
Pilla chuvishda qo’llaniladiga texnalogiyalar Reja: Pilla chuvishning maqsadi. Pillalarni chuvishdagi texnologik jarayonlar ketma-ketligi. Bitta pilladan chuvib olingan ip juda ingichka bo`lganligi sababli, u mustahkam emas va shu sababli to`qimachilik sanoatida ishlatish uchun pilla ipini bir nechtasini qo`shiladi. Bu qo`shilgan ipak iplarini xom-ipak deb yuritiladi (4 dan 20 tagacha qo`shiladi). Pillakashlikni asosiy vazifasi pillani chuvib, xususiyatlari bir tekis bo`lgan xom-ipak olish. Bunday xom-ipakni olish uchun esa bir qancha murakkab operatsiyalarni bajarish kerak (1-sxema). Pilla chuvishdagi barcha texnologik jarayonlarni maqsadi, vazifasi, bajarilishiga qarab, shartli ravishda 4 ta operatsiyalar guruhiga bo`lish mumkin: dastlabki chuvishga tayyorlash, chuvishga tayyorlash, chuvish va nazorat yig`uv. Pilla chuvishdagi texnologik jarayonlar ketma-ketligi Saralanmagan pilla ombori 1- pasportizasiya Chiqindilarni qayta ishlash sexi Uzuqlar Ipak uzuqlari Qaznoq va uzuqlar Uchsiz pillalar va qaznoq Pilla losi Tayyor mahsulot ombori Toy va partiyalarga ajratish Sinov laboratoriyasi Kiplarga va partiyalarga ajratish Nuqsonlarni tekshirish va kalavalarni juftlash Xom ipakni charxdan tushirish Uchsiz pillalar Pilla chuvish Silkitish va yakka uchini topish Pillalarni pishirish chuvilmaydigan pillalarni saralash Kunlik sarf bo’ladigan pillalarni tortish va tarqatish Saralangan pillalar ombori Qattiqligi va nuqsonlari bo’yicha saralash Pillalarni o’lchamlari bo’yicha saralash Chang va pilla losidan tozalash Saralanmagan pillalarni yuriklashtirish 3- pasportizasiya Chang kamerasi Chang Pilla losi 2- pasportizasiya Dastlabki tayyorlov operatsiyasi: bu saralangan pillalardan ishlab-chiqarish partiyasini hosil qilish bilan bog`liq bo`lib, unga saralanmagan pillalar partiyasini yiriklashtirish, chang va losdan tozalash, o`lchamlari, qattiqligi va tozaligi bo`yicha saralash kiradi. Pillalarni chuvishga to`g`ri tayyorlash, sifatli va ko`p xom-ipak ajratib olish garovi bo`lib, shu bilan birga pilla chuvish dastgohlarini ish unumdorligi ham yuqori bo`ladi. Saralanmagan va saralangan pillalar partiyasini yiriklashtirish B undan maqsad pillalar partiyasini yaqin xususiyatlilarini birlashtirib (o`lchami, qattiqligi, chiziqli zichligi, ipning noteksligi, chuviluvchanligi, tozaligi) ishlab chiqarish partiyasini hosil qilish. Bular uchun bir xil rejim talab etilib, dastgohlarning ish unumini oshishi va bir tekis xom-ipak ishlab chiqarishga zamin yaratiladi. Pillalar partiyasini yiriklashtirishda UzNIIShP sistemasidagi SL-6 aralashtirish dastgohidan foydalaniladi. Dastgoh 6 ta ikkiga bo`lingan bunkerdan 3 ta ta`minlash barabani, har biri 4 tadan vыgrebnoy plankaga ega aralashtiruvchi va tushiruvchi konveyerlardan iborat. Bunker 450 burchak ostida o`rnatilgan. Bir vaqtning o`zida 2 tadan 6 tagacha partiyalarni aralashtirish mumkin. Dastgohning ish unumdorligi 400-500 kg/soat. Аralashtirish konveyeri tezligi 28 m/min, tushirish konveyeriniki 29 m/min. 2 ta ishchi ishlaydi (16-rasm). 16-rasm. UzNIIShP sistemasidagi pilla aralashtirish dastgohi: 1-bunker, 2-rama, 3-ta`minlash barabani,4-planka,5-aralashtiruvchi konveyer,6-tushiruvchi konveyer, 7- tushirish bunkeri, 8-qopni osish uchun kronshteyn. Download 186.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling