Pilla yo’vishda qo’llaniladigan texnologiyalar
Bug„langan pillalarni losdan tozalash va yakka uchini topish
Download 0.64 Mb.
|
Bug„langan pillalarni losdan tozalash va yakka uchini topish
Bug’langan pillalarni losdan tozalash va yakka uchini topishdan maqsad – chuvish dastgohlarida chuvishni ta‘minlash uchun chalkash iplarni tozalab, pillaning yakka uchini topishdan iborat. Bu jarayon dastgoh turiga qarab turlicha bajariladi. Mexanik pilla chuvish dastgohlarida bu jarayon bug’lash qozoniga o’rnatilgan shetka orqali tozalanib, qo’l yordamida silkitib yakka uchi topiladi. Аvtomat pilla chuvish dastgohlariga RK (RK-750 ShL, RK-2, RK-3 va yapon sistemasi silkitish dastgohlari) tipidagi mahsus markazlashgan holda ishlaydigan silkitib yakka uchini topish dastgohlarida, yakka uchli pillalar tayyorlab beriladi. RK-3 dastgohi (8.2rasm) tozdan, losdan ajratish shetkasidan, silkitish mexanizmidan, yig’ish moslamasidan, ip tutgichdan, bug’langan pillalar solingan bachoklarni qo’yish uchun stoldan va suvni tsirkulyatsiya qilish uskunasidan iborat. Toz А, B, V, D va E zonalarga ajratilgan. Bug’langan pillalar tozning А zonasiga tushiriladi. Suvning oqimi natijasida aylana kanalga pillalar o’tib, shetka mexanizmi yordamida losdan ajratilib, V zonada yig’iladi. B zonada yuqori bo’lib, ichidagi suv tashqariga chiqadi. Shu sababli V zonada sovuq dush bilan sovutilib, ichiga suv to’ldiriladi. Losdan ajratilgan pillalar G zonaga o’tkaziladi. G zonada los silkitish mexanizmidan o’tkazilib, charxga o’rab qo’yiladi, G zona pastki qismidan teshiklardan pompa yordamida suv bosimi (V) pillalarni zona markazidan chetga yo’nalishini ta‘minlaydi. Gorizantal (T) ipni taragligini tashkil etuvchi kuch I pillani markazga joylaydi. Vertikal kuch (N) esa pillani suvdan chiqaradi. Аgar gorizantal tashkil etuvchi kuch suvning oqim kuchidan katta bo’lsa T >V, pillalar silkitish zonasi markazida bo’ladi va losdan tozalash davom etaveradi. Аgar T 8.2- rasm. RK-3 silkitib yakka uchini topish dastgohi: 1-D zonasi, 2-shetka mexanizmi,3-silkitish mexanizmi,4-ip tutgich, 5-charx, 7- taroq, 9-filtr, 11- E kanal, 12- oval o‘yiq, 13. Dumaloq o‘yiq, 14-sovuq suv bilan ta’minlash trubkasi, 15-to‘siq,16-buloqcha, 18-disk,19-to‘siq.
Dastgohning ish unumdorligi: Т t C У р Пн 6 10 bu yerda: - chuvish tezligi, m/min T – xom-ipakning chiziqli zichligi, teks t – vaqt, min S – ilgich soni Ur – pillani solishtirma sarfi Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling