Pilla yo’vishda qo’llaniladigan texnologiyalar
Download 0.64 Mb.
|
Pilla yo’vishda qo’llaniladigan texnologiyalarREJA: Pillalarni chuvishga tayyorlash texnologiyasi. Pillalarni pishirish va qo’llaniladigan mashinalar. Bug’langan pillalarni silkitib yakka uchini topish texnologiyasi. Pillalarni chuvishga tayyorlash deganda, bug’lash, bug’langan pillalarni losdan tozalab, yakka uchini topish va uchi topilgan pillalarni ajratish tushiniladi. Bu jarayonda pilladagi seritsin yumshatilib, ichiga suv to’ldirilib, qobiqdagi pilla losi ajratilib, uzluksiz uzunlikdagi yakka ip topiladi. Pilla chuvish- pilla o’rash jarayonini teskarisi bo’lib, bunda tashqi qavatdan ichiga kirib boradi. O’rashdan farqli chuvish jarayoni qobiqdagi ipning yopishqoqligi yo’q qilinadi. Quruq pilladan ipni chiqish kuchi o’rta hisobda 0,73 dan 2,9 sN gacha bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitida pilla chuvish 120 m/min va undan katta tezlikda chuviladi. Buning uchun esa seritsinning yopishqoqlik kuchini pasaytirish yo’li bilan erishiladi. Buning uchun pilla bug’lanib, seritsin yumshatilib, yopishqoqlik xususiyati kamaytiriladi. Lekin bu kamlik qiladi. Chuvish jarayonida pillalar suvda bo’lishi uchun ipning tortilish tezligiga qarishilik ko’rsatadigan kuch kerak bo’ladi. Shuning uchun pillani ichiga suv to’ldirilib u og’irlashtiriladi. Ipak chuvishga pillani tayyorlashda individual va markazlashtirilgan yo’l bilan pilla pishirish usullari mavjud. Pilladan ipak chuvish uch usulda olib boriladi. Pilla chuvish davrida suvda suzib yuradi. Pilla suvga yarim cho’kib turgan holda chuviladi. Pilla suv tagiga cho’kib turgan holda chuviladi. Suzib yurgan holdagi pillalar mexanik pilla chuvish dastgohlarida chuvilib, 75% gacha ichiga suv kirgan bo’ladi. Shu sababli pillaning ozgina qismigina suvga botib turadi. Yarim cho’kkan holdagi pillalar UzNIIShP sistemasidagi va ayrim Yapon sistemalaridagi pilla chuvish avtomatlarida chuvilib, 75 dan 92% gacha suv kirgan bo’ladi. Cho’kkan holdagi pillalar Yapon va Xitoy sistemasidagi avtomatlarda chuvilib, 97% dan oshiq suv kirgan bo’lishi kerak. 90-950S temperaturali suvda pillaga ishlov berilganda, seritsin bo’kib yumshaydi. Chuvish jarayonida pillalarga turli kuchlar ta‘sir qiladi. Quyidagi tengsizlik qoniqtirilgan sharoitda, pilla chuvilishi sodir bo’ladi. K > R > C bu yerda: K- pillaning og‘irlik kuchi R- chiqayotgan ipning taranglik kuchi, S-pilladan ipning ajralish kuchi,( adgeziya kuchi) Bug’lash jarayoni markazlashgan holda pishirish dastgohlarida yoki mexanik chuvish dastgohlarining bug’lash qozonida bajariladi. Pillalarni bug’lash uchun konveyerli «Chibo» yoki «KZ» (Chibo-D3,KZ-2, KZ-4KM, KZ-150ShL, Masuzava) tipidagi dastgohlardan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu dastgohlardagi ish jarayonlari bir xil, konstruktiv jihatdan farq qilishi mumkin. KZ –150 ShL dastgohi (8.1-rasm) ikki yarusli ko’p sektsiyali barkadan iborat, barka ichida zanjirli konveyer bo’lib, 75 ta kasseta joylashgan, kassetalarga esa 150-200g pilla joylashadi. Kassetaga joylashgan pillalar bug’ kameralardan o’tib, bug’ bilan 2,5-5 min davomida ishlov berilib, namlanadi va qizdiriladi. 90-1000S li temperaturali bug’da seritsin yumshaydi, pilla ichidagi havo qiziydi, kengayib qisman tashqariga chiqib boshlaydi. Shimdirish sektsiyasida 70-600S li temperaturali suvda 0,9-1,8 min davomida sovutilib, ichiga suv shimdiriladi. Ikkinchi bug’lash va suv to’ldirish sektsiyalarida 90-990S haroratda 1,1-2,2 min davomida bug’lab, so’ng sovutiladi, yana 86-1000S haroratda 1,6-3,3 min davomida ishlov berilib etarli darajada suv to’ldirilib olinadi, yana 0,9-1,8 min 50-750S ishlov beriladi. Sovutish sektsiyasida pillalar 55-650S li temperaturali dushda sovutiladi. Bug’langan pillalar bachoklarga 50-550S li suv bilan birga tushiriladi. Dastgohning ish unumdorligi: пm60 Пн 3 ; t 10 bu yerda: n-kassetalar soni m-kassetaga joylashgan pillalar vazni, g t –zanjirni aylanish davomiyligi, min. Uzluksiz ishlaganda (m=100 g va t=10 min) KZ soatiga 90 kg pillani bug’laydi. KZ dastgohi 48 ta chuvish tozini ta‘minlaydi. 1-rasm. KZ-150-ShL pillani markazlashgan holda bug’lash konveyeri: 1-ikki yarusli barka, 2-metall tayanch,3- ustki va pastki barkalarni bo‘lib turuvchi qopqoq, 4-5-tortuvchi truba, 6-8-10- pastki yarus barkasi to‘siqlari, 9oynavand fragumalar, 7-11-15- rolik, yo‘lakcha va yulduzchalar, 12-stol, 13-bunker voronka,14-zanjir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling