Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana26.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1125898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
yulduzli tunlar 0

Ozar ila necha guftigo‘ qilg‘aysiz, Ozurda bo‘lurni justiju* qilg‘aysiz. 
Munchaki ko‘ngullarga yetishdi ozor, May bila magarki shustisho‘* 
qilg‘aysiz.
Humoyun bu she’r bilan otasining may ichish sababini tushunish-
ligini va hozir kayfi borligi ham uzrli ekanini aytmoqchi edi, Bobur 
buni fahmladi-yu:


363
– Ma’qul, ma’qul, – deb kuldi. – Faqat avvalgi ikki satrning vaznini 
buzibroq o‘qiding. Aftidan, sen bu satrlardagi kinoyani yaxshi fahm-
lamagansen.
– Qandoq... kinoya? – deb bu satrlarni kamoli jiddiyat bilan 
o‘qigan Humoyun taajjublandi.
– Kinoyaki, odamlar bir-birlariga ozor beradigan gapni ko‘p ga-
pirurlar. Goho ozor beradigan narsani o‘zimiz justijo‘ qilib topurmiz. 
Undan keyin bu ozorni ko‘ngildan may bilan yuvmoqchi bo‘lib ichish-
ga ruju qilurmiz.
Otasi o‘zining may ichishiga kinoya bilan qarashini Humoyun 
endi sezdi va yana hayron bo‘ldi:
– Nechun shunday?
– Sening yoshingda buning sababini tushunib bo‘lmas. Men ham 
o‘ttiz yoshimgacha chog‘irga ehtiyoj sezgan emasmen. Sen qalay-
sen?.. Ko‘nglingda chog‘irga ishtiyoq bormi?
Humoyun uyalib bosh chayqadi. So‘ng otasining ichkilikdan 
shishgan qovoqlariga jiddiy bir qarab oldi-da:
– Men chog‘irni yomon ko‘ramen, – dedi.
O‘n uch yoshida Bobur o‘zi ham ichkilikdan hazar qilishini esladi-
yu, o‘g‘lining javobini ma’qullab bosh irg‘adi.
– Xo‘sh, nelarni yaxshi ko‘rursen?
– Menmi? – deb Humoyun bir lahza o‘ylanib oldi. Uning yax-
shi ko‘rgan narsalari ko‘p edi: – Safarda yurishni, sayohatni yaxshi 
ko‘rurmen, yaxshi kitob bo‘lsa ertayu kech o‘qigim kelur...
«Bu jihatlari menga o‘xshabdir», dedi Bobur ichida va o‘g‘lining 
qamchi dastasini tutgan qo‘llariga qaradi. Humoyunning yuz-ko‘zi 
ham, qo‘llari ham Boburnikidan qoraroq edi. Balki janubda tug‘ilib 
o‘sayotgani uchun shundaydir? Lekin panjasining shakli otasinikiga 
juda o‘xshash. Bobur o‘g‘lining bilagidan olib:
– Qani, kaftingni och, – dedi.
Humoyun qamchini taqimiga qistirdi-da, kaftini otasiga ochib 
ko‘rsatdi. Bobur uning kaftidagi chiziqlarga qaradi-da, keyin o‘z pan-
jasini ochib, o‘g‘lining kaftiga kaftini yonma-yon tutdi. Katta va kichik 
har ikki kaftdagi ko‘ndalang chiziqlar bir-birining aynan takrori edi. 
Otasiga o‘xshashni juda-juda istaydigan Humoyun mamnun jilmaydi. 
Bobur chuqur tin oldi-da:
– Ilohim, men ko‘rgan balolarni sen ko‘rmagin! – dedi.
– Lekin men sizning barcha ishlaringizni o‘rganmoqchimen.


364
Boburning yaxshi-yomon ishlari xayolidan aralash-quralash 
bo‘lib o‘ta boshladi. Berahm muhit uni ham shafqatsiz bo‘lishga 
o‘rgatardi. Mana shu Kobul viloyatining o‘zida xirilchi qabilasiga 
mansub talay odamlar karvon yo‘llarida talonchilik qilganliklari 
uchun Bobur askarlari tomonidan ayovsiz o‘ldirilgan, hazora qabi-
lasining o‘nlab jangovar yigitlari chopqin paytida qirib tashlangan 
edi... Bobur bu qonli lavhalarni umr kitobi bo‘lmish «Vaqoi’»ga bir-
ma-bir yozib borar edi. Ammo hali balog‘atga yetmagan va olamga 
bolalarcha musaffo bir ishonch bilan qarayotgan Humoyunni bunday 
shafqatsizliklardan mumkin qadar uzoq tutgisi kelardi.
– Sen hushyor bo‘l, – dedi Bobur, – mening havas qilib 
bo‘lmaydigan ishlarim ham bor!
– Qaysi ishlaringiz, hazratim?
– Qayg‘uli, fojiali ishlarim. Butun taqdirim...
– Buni bir g‘azalda ham aytmishsiz.
Humoyun yana yoddan otasining satrlarini ayta boshladi:
Har yong‘aki azm etsam, yonimda borur mehnat, Har soriki yu-
zlansam, o‘trumg‘a kelur qayg‘u, Yuzjavru sitam ko‘rgan, ming meh-
natu g‘am ko‘rgan, Osoyishi kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?
She’rning g‘amgin va sehrli ohangidan ta’sirlangan Bobur:
– Yaxshi o‘qiding, – dedi o‘g‘liga. – Istaymenki, men ko‘rgan 
qayg‘ularu shafqatsizliklarni ilohim sen ko‘rmagin.
– Xo‘p, hazratim, men faqat siz bilgan ajoyibotlarni bilsam bas!
Ota-bola suhbatga berilib arkka qanday yetganlarini sezmay 
qoldilar. Keyin ular darichalari Shohi Kobul tog‘iga qarab ochiladi-
gan xushhavo xonai xosda o‘tirganlarida
Humoyun qo‘liga qog‘oz va 
qalam oldi-yu, otasi ixtiro qilgan Xatti Boburiy harflari bilan bir bayt 
she’r yozdi:

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling