Pirls-2006 tadqiqot topshiriqlarini baholash uchun topshiriqlarga javoblar va mezonlar kichik lo‘y bo‘lagi, vazifa
Download 491.34 Kb. Pdf ko'rish
|
3- daftar baholash
ANTARKTIDA, 11 - VAZIFA (DAVOMI)
11. Ushbu maqolada ikki xil uslubda Antarktida haqida ma’lumot tasvirlangan: • Antarktida bilan tanishish • Antarktitadan maktub Ushbu tasvirlash uslublaridan qaysi biri sizga qiziqroq tuyuldi? Nima uchun bunday o‘ylayotganligingizni tushuntirib bering. Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish Faoliyat: Tarkib, til va matn elementlarini tahlil qilish va baholash 1 – Javob qabul qilinadi Ushbu javoblar hech bo‘lmaganda ikkita matndan birida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘liq tushunganlikni ko‘rsatadi. Javob mazmuni Javob o‘quvchining matnlardan qaysi biri qiziqroq ekanligi haqidagi fikrini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, javob matnlardan birining mazmuni, tili, shakli yoki uslubining to'g'ri tavsifini haqidagi izohlarni o‘z ichiga oladi. Misollar: - Antarktida bilan tanishish yanada qiziqarli, chunki unda juda ko‘p ma’lumot beriladi. - Maktub yanada qiziqarli roq, chunki u men bilan gaplashayotganga o‘xshaydi. - Saraning maktubi, chunki u yerda yashab, aslida nimani his qilayotganingizni tushunishga yordam beradi. Antarktida bilan tanishishda u yerda o‘zingizni qanday his qilishingiz yoki u yerda nimani tanovvul qilishingiz mumkinligi aytilmaydi. 0 – Javob qabul qilinmaydi Ushbu javoblar hech qaysi bir matnda keltirilgan ma ’lumotlarni keltirish uslubini tushunmaganlikni namoyish etadi. Javob mazmuni Javob matnlarning qaysi biri qiziqroq ekanligi haqidagi fikrni o ‘z ichiga olishi yoki olmasligi mumkin. Matnlarning mazmuni, tili, shakli yoki uslubining ba ’zi elementlarini tavsiflovchi izoh yo ‘q. Javob faqat bitta yoki ikkala matn yuzasidan umumiy, noaniq yoki noto‘g‘ri ma ’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Misollar: - Birinchisi qiziqroq, chunki u uzunroq. - Mening o‘ylashimcha, maktub boshqa matnga qaraganda ancha qiziqroq. - Menga ko ‘proq yoqdi, chunki maktub ajoyib. - Antarktidadan kelgan maktub, chunki u odam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajoyib narsalar edi. 0 – Javob mavjud emas Savolga javob berishning imkoniyati yo ‘q edi (chop etishda xatolik, sahifa o‘tkazib yuborilgan yoki boshqalar). Belgilangan joyda javob qayd etilmagan. Download 491.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling