Pirls xalqaro baholashdasturi va bu dasturga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni tayyorlash masalalari


Download 13.85 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi13.85 Kb.
#1107886
  1   2
Bog'liq
B . Shoira Maqola... 1400-5


PIRLS XALQARO BAHOLASHDASTURI VA BU DASTURGA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI TAYYORLASH MASALALARI .

Shoira Begaliyeva


JDPI Boshlang‘ich ta’lim talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturi haqida ma’lumotlar hamda 4-sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tizimiga tayyorlashda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:PIRLS, xalqaro baholash dasturi, hikoya, o‘qituvchi, o‘quvchi, test, ota-ona, shaxmat, mustaqil fikrlash, matn.
Аннотация : В этой представлена информация о подготовки учащихся начальной школы к международной системы системы оценивания PIRLS, а также описывается работа которую необходимо проделать в этом направлении.
Ключевые слова:PIRLS,стору,учитель, студент, тест родительские, шахматы.
Annotation: In this article provides information about the PIRLS International evalution programm as well. It outlines thestep that need to br taken to prepare Grade 4 students forthe PIRLS international assessment system.
Keywords: PIRLS, International story , teacher, student, exam, parents, chess.
Hozirgi kunda hukumatimiz tamonidan ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyoti rivojlanib borayotgan vaqtda yoshlarning har tamonlama yetuk, bilimli mustaqil fikrlay oladigan bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda ta‘lim tizimini yana rivojlantirish zarur.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib, PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan [1]. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda qabul qilingan 997-sonli ‘‘ Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi ilk qadam bo‘lib hisoblanadi. O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida ‘‘Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi’’ tashkil etildi[2].
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotgani barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning har tamonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Bu talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi,aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Xalqaro baholash dasturlari boshlang‘ich sinflardan boshlab amaliyotga joriy etilmoqda. Boshlang‘ich sinflarda xalqaro baholash dasturlarining PIRLS, TIMSS, EGMA, va EGRA turlaridan foydalaniladi
PIRLS(Progress in International Reading Literasy Study - xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. 4-sinf o‘quvchilarini matnni o‘qish va tushinish darajasini baholashga mo‘ljallangan.Ushbu sinov turi har 5yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib,25-yanvardagi uchrashuvda PIRLS dasturining 2021-yil uchun mo‘ljallangan tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tamonidan katta olqishlar bilan kutib olindi. Shuningdek, yig‘ilishda PIRLS -2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bog‘liq tashkilliy masalalar va vazifalar atroflicha muhokama qilindi[3].
2021-yil uchun mo‘ljallangan tadqiqotlarda O‘zbekiston o‘quvchilari ham ishtirok etishi boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o‘qituvchidan ta’limga yangicha yondashuvni, faollikni talab etadi. Shu o‘rinda o‘quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy. PIRLSga tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari o‘qish, mustahkamlash,takrorlash darslari hamda to‘garaklarning o‘rni juda muhim. Bunda o’quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrllashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish o‘ta muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota-onaning o‘z o‘rni bor. Oilada kattalar kitob o‘qisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga munosib kitoblarni olib berishda o‘qituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Bo‘sh vaqtida bola oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun ishlangan mantiqqa boy filmlar, hayvonot va nabodot dunyosi haqidagi ko‘rsatuvlarni kuzatib borishi ham yaxshi samara beradi. Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa, shaxmat o‘quvchining diqqatini oshirishiga, maqsad sari olg‘a intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati shakllanishiga yordam beradi.O‘quvchilarning darsliklardagi har bir matn ustida to‘g‘ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish o‘ta muhim va bu kitobxonlik sari yo‘l ochib beradi.
Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta‘lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushinish malakasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Matnni o‘qish va tushinishga o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinf darsliklari va axborot tarmoqlaridan o‘quvchilar yoshiga mos hikoya va ertaklarni, she’rlarni yoki axborot matnlarini olib o‘qish darslarida hamda darsdan tashqari o‘qish darslarida matnni ifodali o‘qish , matnning mazmunini tushunish malakalarni shakllantirib borish zarur. Matnni o‘qigan o‘quvchilar matn mazmunini tushunish, xulosalar chiqarish matn mazmunini tushuntirib berish, ma’lumotlarni izohlash, matn qurilishi yuzasidan berilgan savollarga javob bera olishi ko‘nikmalariga ko‘ra baholanadi. Tadqiqot uchun tanlangan matnlar bayonining ravonligi va izchilligi, to‘qimaliligi badiiyligi kabi xususiyatlari juda muhim deb topilgan. "Badiiy asarni o‘qitishda o‘quvchilar uchun hissiyotlarni tahlil qilish usulidan foydalanish ham samarali natija beradi. Ular o‘z hissiyotlari va tuyg‘ularini so‘z vositasida tasvirlashga urinadi .Bu albatta, o‘quv jarayonlarida amalga oshiriladi. Erishilgan natijalarni nazariy tahlil qilish orqali ularda umumiy maqsadlarni aniqlashtirish zarurligiga ishonch hosil qilinadi va bu yutuqlarga hisni qaror toptiradi. Bunday tahlillar mustaqil fikrlash va ijodiy yaratuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi"[4].
PIRLS talablariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ikkita matn bo‘yicha baholanadi. Birinchi matn Nizomda ko‘rsatilgandek, davlat va madaniyatga oid bo‘lishi,qiziqarli tarixiy voqeaga asoslangan hikoya yoki ertak bo‘lishi mumkin. Ikkinchi matn aniq ilmiy ma’lumotlarni ifodalagan bo‘lishi zarur.
PIRLS testlari nazariy doirasi jihatidan to‘rt xil asosiy o‘qish ko‘nikmalarini aniqlash imkonini beradi:
1. matnda ochiq-oydin ifodalangan axborotni topish;
2. uning asosida oddiy aqliy xulosalar chiqarish;
3. matndagi g‘oya va axborotlarni sharxlash, integratsiyalash ;
4. matn shakl va mazmunini baholash[5].
Mazkur to‘rt o‘qish ko‘nikmalarni har bir matn yuzasidan test savollarini tuzishda asos vazifasini o‘taydi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda, o‘quvchiga o‘qiladigan materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o‘quvchi dam oladigan shanba, yakshanba kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o‘ta muhim.Asar mazmuni bilan tanishgan o‘quvchi tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida qiynalmaydi.Asar mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, har bir qismga o‘quvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.Tuzilgan reja asosida asar mazmuni so‘zlatiladi. So‘zlash jarayonini qiziqarli o‘tkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanisho‘rinli.
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o‘quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash o‘quvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlarni puxta o‘zlashtirishni talab etadi. O‘qish tezligini nazorat qilishdan ko‘ra tushunib o‘qishga urg‘u berish kuzatildi. O‘qish savodxonligi funksional savodxonlikning integrativ komponenti sifatida anglatmoqda. Rossiyada bu davlat hujjatlari darajasida qayd etilgan
Respublikamizning xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan[5]. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan.
Shuningdek 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun PIRLSda berilgan matnlarning har biriga alohida mashq daftarlari ishlab chiqilgan.Mazkur ish daftari o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, o‘qiganlarini tahlil qilish, talqin qilish hamda to‘g‘ri xulosa chiqara olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha didaktik material hisoblanadi. Ushbu daftarni tayyorlashda PIRLS (Progress In International Reading and Literacy Study) tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan[6].
Bu dasturga O‘zbekistonning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishi o‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o‘qituvchidan ta’limga yangicha yondashuvni va faollikni talab etadi.O‘quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o‘qish darsi jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o‘quvchi o‘zi mustaqil ravishda ushbu matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi qo‘yilsa, har bir bolaning berilgan matnni qay darajada o‘zlashtirganligini uning tuzgan savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o‘quvchining dunyoqarashi , mustaqil fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi. Dars jarayonida bola to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrini tinglab, to‘g‘ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarishga o‘rganib borishi lozim.O‘qishdarslaridagi matnlar, badiiy matnlar orqali o‘quvchining mantiqiy teran fikrlashga o‘rgatish lozim. Har xil o‘qitish metodlari orqali darslarning zamonaviy usulda tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish lozim.O‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdan ma’naviyboy , erkin fikrli qilib tarbiyalash lozim, zero Vatanimiz kelajagi yoshlarimizning bugungi ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq .

Download 13.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling