Pirometallurgiya fanidan ma'ruza mashg’ulotlari


Download 0.91 Mb.
bet23/29
Sana10.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1087404
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Маьруза Пирометаллургия

Sxema 1. Uglerod bilan oksidni tiklanishi ikki bosqichdan iboratdir:
Mex Ou + CO = Mex Ou-1 + CO2
CO2 + C = 2CO

Bunday sxemani oqib o’tishiga reaksiyaga kiruvchi moddalarning tezligi ularning kontaktligiga bog’liq emasligidir. Dastlabki xomashyoni umuman ajratib qo’yishsa ham, jarayonning tezligi bari-bir yuqoridir. Jarayonning boshqaruvchi pog’onasi bo’lib oksidni tiklanishi emas, uglerodni gazlashtirishdir. Bunday sxema qattiq va murakkab oksidlarni yuqori haroratda tiklanishida uchrab turadi (Fe3 O4, FeO, Cu2 O , NiO va boshqalar).


Sxema 2. Gematitni (Fe2O3) qattiq uglerod bilan tiklanishi shunday past haroratlarda boshlanadiki, qaysilarda uglerodning gazlashtirish reaksiyasi umuman oqib o’tmaydi. Buni quyidagi reaksiyani musbat issiqlik effekti bilan tuchuntirish mumkin:
3Fe2O3 + CO = 2 Fe3O4 + CO2
Reaksiya jarayonida ajralib chiqayotgan issiqlik uglerodni gazlashtirish uchun sarflanadi. Fe2O3 - gaz fazalararo chegarasida qo’shimcha energiya xosil bo’ladi va CO2 molekulalarini aktiv holatga o’tkazadi. Oksid bilan CO2 ni kontakt chegarasida grafitga qisman energiyani oqib o’tishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoit tiklanish reaksiyasini oqib o’tishiga imkon yaratadi. Bu sxema ekzotermik reaksiyalar uchun xarakterlidir.
Sxema 3. Mustahkam bo’lmagan oksidlarning tiklanish mexanizmi. Metallurgiyada uchrab turadigan oksidlar: PbO2, MnO2, Co3O4, CuO murakkab birikmalar guruhiga kirmaydi. Bu oksidlar past haroratlarda tiklanadi (320-370°C). Bunday haroratlarda uglerodni gazlashtirish reaksiyasi umuman oqib o’tmaydi. Bunday oksidlarning tiklanish mexanizmi quyidagisha keltirilishi mumkin:
2 MnO2 = Mn2O3 + 1/2 O2
mO2+ nC = pCO2 + q CO
2 MnO2 + CO = Mn2O3 + CO2
Tiklanish jarayoni o’ziga noiloj oksidni ajralish bosqichini kiritadi. Uglerodni borligida ajralib chiqayotgan kislorod bog’lanadi va ajralish jarayoniga yordam beradi. Paydo bo’layotgan CO tiklanish reaksiyasiga oqib o’tishiga madadkor bo’ladi.
Sxema 4. Uchadigan oksidlarni tiklanish mexanizmi ularni gaz holatiga o’tib qattiq uglerod bilan reaksiyaga kirishi bilan ajralib turadi. Bu sxemada tiklovchi modda oksidga emas, aksincha, oksidni tiklovchiga diffuziyasi bilan oqib o’tadi.
Sxemalarning ko’pligi jarayonni murakkabligini ko’rsatib turadi. Har xil sharoitlarda oksidni uglerod bilan tiklanishi bitta yoki bir paytda o’tadigan bir necha sxemalar bilan oqib o’tishi mumkin. Har bir sxemaning ustivorligini aniqlash uchun reaksiyaning fizika-kimyoviy xususiyatlarini o’rganib, ularni tahlil qilish lozim.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling