Pirometallurgiya fanidan ma'ruza mashg’ulotlari
Download 0.91 Mb.
|
Маьруза Пирометаллургия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Uchadigan metall oksidlarining tiklanishi
12 - ma’ruza
TABIIY GAZ BILAN OKSIDLARNING TIKLANISHI. UCHADIGAN METALL OKSIDLARINING TIKLANISHI Reja: Tabiiy gaz bilan oksidlarning tiklanishi. Uchadigan metal oksidlarning tiklanishi. Kalit so’zlar: sistema, tabiiy gaz, katalizator, parchalanish, uchuvchanlik, karbon oksidi, gazlar yordamnida tiklanish. Oksidlarning tiklanishida tabiiy gazdan keng foydalanish mumkin. Fe-O-S-N sistemada ko’p sonli reaksiyalar oqib o’tishi mumkin, lekin asosiylar bo’lib: CH4 = C + 2H2 CH4 + H2O = CO + 3H2 FexOu + H2 = FexOu -1 + H2O FexOu + CO = FexOu-1 + CO2 Metan past haroratlarda ham (600-900°C), qattiq katalizator ishtirokida, termik yo’li bilan parchalanadi. Yuqorida ko’rsatilgan to’rtta reaksiyalar bilan tasvirlangan Fe-O-S-N sistemasi murakkab yoki birlashgan muvozanatlarga kiradi. Shu holat uchun gazli fazada muvozanatli Rn2, Rn2O, Rso va Rsn4 aniqlash uchun to’rtta reaksiyalarning muvozanat doimiylik tenglamalari tuziladi: K1 = P /P K2 = Pco . P /P K3= / K4 = Pco2/Pco Tenglamalar sistemasini eshib quyidagini xosil qilamiz: Pco = K2 K3/K; Rco2 = K2K3 K4/K1; = K3 ; P = P /K1 1050K dan yuqori haroratlarda CH4 parchalanish darajasi 100% yaqinlashadi. Termodinamik tahlil shuni ko’rsatdiki, tabiiy gaz judayam samaradorli tiklovchi modda bo’lishi mumkin. Uchadigan metall oksidlarining tiklanishi Ko’p rangli metallar (Hg, Cd, Zn, Pb va boshqalar) oddiy pirometallurgiya haroratlarida (800-1300oC) katta uchuvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun bu guruhdagi metall oksidlari gazli tiklanish muvozanatini ko’rib shiqilganda, o’zgarmas doimiylik tenglamasiga bug’dagi metallning muvozanatli bosimi kiritilishi kerak. Namuna sifatida CO va H2 yordamida ZnO ni tiklanish reaksiyasini ko’rib shiqamiz. Ruh oksidi juda baland haroratlarda eriydi (1975°C), metall esa past haroratda eriydi va 907°C qaynab chiqadi. Ruh oksidining ajralishida gazli fazada faqat ruh bug’lari va kislorod ishtirok etadi: 907°C dan baland haroratda ZnO ni gazli tiklanish reaksiyasini shunday yozsa bo’ladi: ZnOq + CO(H2) = Zng + CO2 (H2O) Shu reaksiyaning muvozanat o’zgarmas doimiyligi: Kp = Pzn . Pso2/Pso yoki Kp = Pzn. / Agarda o’zgarmas muvozanat doimiyligini haroratga bog’liqligi aniq bo’lsa, u holatda analitik vositalari bilan muvozanat gaz tarkibini aniqlasa bo’ladi. Svetkov ma’lumotlariga ko’ra, vodorodli tiklanishda erkin quvvatning qiymatini formulalar bo’yicha aniqlasa bo’ladi: ΔG = 60900 - 39,7 T karbon oksidi bilan tiklanishda: ΔG = 52300 - 32,05 T Shu tenglamalardan gazli tiklanish reaksiyalari uchun Kr ni haroratga bog’liqligini aniqlasa bo’ladi. Muvozanatli gaz fazasining tarkibini hisoblash uchun quyidagi nisbatni ishlatish kerak: Pzn = Pco yoki Pzn = Bu bog’liqliklar tiklanish reaksiyalari uchun tenglamalarining stexiometrik nisbatligidan kelib chiqadi, hamda quyidagi bog’lovshilardan foydalanish kerak: PΣ = Pzn + Pco + Pco2 yoki PZn = Pzn + + Shu tenglamalarni birgalikda eshib, quyidagini olamiz: Pzn = -Kp ± Kp + Kp2 Shu tenglamadan foydalanib Yu.V.Svetkov PΣ = 1,01.105Pa sharoitiga gazlarning parsial muvozanat tarkibini hisoblab chiqdi. Shu ma’lumotlarga ko’ra, quyidagi qiymatlar aniqlandi,
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling