Pirometallurgiya fanidan ma'ruza mashg’ulotlari
Download 0.91 Mb.
|
Маьруза Пирометаллургия
10 - ma’ruza
SULFID OKSIDLANISHINING KINETIKASI VA MEXANIZMI Reja: 1. Sul’fidlarning oksidlanish kinetikasi va mexanizmi 2. Eritmadagi sul’fidlarni oksidlanishining ajralib turadigan xususiyatlari Kalit so’zlar: geterogen jarayonlar, kimyoviy reaksiya, issiqlikning tarqalishi, modda massasi, reaksion zonasi, diffuziya. Sulfidlarni oksidlanishi reaksiya davomida katta hajmda issiqlik ajralib chiqadigan geterogen ekzotermik jarayondir. Issiqlik kimyoviy reaksiyaning bo’lim chegarasida ajralib shiqadi. Har bir sulfidning o’ziga xos alanga olish harorati bor. Issiqlik ajraladigan reaksion hududning harorati gazli oqim va atrof muhitning haroratlaridan farq qiladi. Vaqt birligida ajraladigan issiqlikning soni kimyoviy reaksiyaning tezligi bilan aniqlanadi. Reaksion hududdan issiqlikning tarqalishi issiqlik o’tkazish sharoitlariga bog’liqdir. Issiqlik o’tkazishning tezligi sulfid sirtining harorati va gazli oqim markazidagi haroratlar orasidagi ayirmaga to’g’ri proporsionaldir. tI - sulfid sirtini harorati; t2 - gaz oqim markazini harorati; a va v doimiyliklar. Ma’lum sharoitlarda, vaqt birligida ajralib chiqayotgan issiqlikning soni –Q1, modda hajmiga tarqalayotgan issiqlik sonidan -Q2 ko’proq bo’ladi. Q1>Q2 tengsizlik sulfidning alanga olish sharoitlariga javob beradi. Shu haroratga yetishishi bilan berilgan oqim tezligida oksidlanish shunday tez ketadiki, ajralib chiqqan issiqlik modda massasining tez isitilishiga va reaksion moddaning hamma jinsi bo’yicha o’z-o’zidan tarqalishiga yetarli bo’ladi. Sulfidlarning alanga olish harorati bir qator omillarga bog’liqdir: sulfidlarning tuzilish xususiyatlari, tarkiblanish darajasi, dislokatsiya miqdorligi va sirtidagi boshqa zarracha o’lchami, issiqlik singdiruvchanligi, oksidlanayotgan modda va jarayon mahsulotlarining zichligi va boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlari. Sulfidlarning mayda zarrachalari past haroratda alanga oladi. Sulfidning issiqlik o’tkazish va zichligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha uning alanga olish harorati baland bo’ladi. Bir necha sulfid minerallarning alanga olish haroratini keltiramiz (10.1-jadval). 10.1-jadval Sulfid minerallarning alanga olish haroratlari
Havo namlanishi alanga olish haroratini bir oz pasaytirishiga olib keladi, havoda oltingugurtli gazni miqdorligini oshishi, aksincha, alanga olish haroratini ko’paytiradi. Yuqori darajali sulfidlar ko’p nuqsonli tizimga ega (pirit) va past darajali sulfidlarga nisbatan (pirrotin) pastroq haroratlarda alanga oladi. Sulfid oksidlanishi quyidagi bosqichlardan oqib o’tadi: 1) Gaz oqimi markazidan kislorodni sulfid sirtiga diffuziyasi; 2) Sulfid sirtiga kislorodni xemosorbsiyasi; 3) Sulfid oksidlanishining bevosita kimyoviy reaksiyasi; 4) Sulfid yoki oksid hajmidan reaksion zonasiga kation yoki anionlarning diffuziyasi; 5) Geterogen chegaradan reaksiyani gaz maxsulotlarini desorbsiyasi. Bu bosqichlarning har biri, o’z navbatida, alohida pog’onalardan tuzilishi mumkin. Tashqi sharoitlarga qarab, sulfid va paydo bo’ladigan oksidlarni tuzilish strukturasiga bog’liq bo’lgan holatda, jarayon diffuzion, kinetik yoki o’zgaruvchan tartibda o’tadi. Bir necha sulfidlarni kuydirish kinetik ma’lumotlarini keltiramiz (10.2-rasm). 10.2-rasm. Sulfidlarni havo kislorodi bilan oksidlanish jarayonini kinetik chiziqlari Jarayonni qanday tartibda o’tishi reaksiyani kinetik energiya qiymatidan aniqlash mumkin. Bir necha sulfidlarni kuydirish reaksiyasini aktivlik energiyasini keltiramiz (10.2-jadval). 10.2-jadval Sanoatda qo’llanadigan harorat oraligidagi sulfidni kuydirishning aktivlik energiyasi
Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, sanoatda qo’llanadigan harorat oralig’ida faqat rux va kadmiy sulfidlari kinetik tartibda oksidlanadi, kobalt va nikel sulfidlari-o’zgaruvchan tartibda, qolganlari esa - diffuzion tartibda oksidlanadi. Rux va kadmiy sulfidlarning qattiq holatdagi oksidlanish reaksiyalari kinetikasini ko’rib chiqamiz. Harorat oshishi bilan ikkala sulfidlarning oksidlanish tezligi tobora oshib boradi. Gazli oqimda kislorod miqdorini qattiq sulfid oksidlanish tezligiga ta’sirini quyidagi tenglama orqali aniqlasa bo’ladi: V = K . Po2 Haroratning o’zgarmas sharoitida jarayon tezligi Po2 ga to’g’ri proporsionaldir: V = K1. Po2 Xuffe fikri bo’yicha, kislorodni gaz oqimidagi miqdoriga bog’liq bo’lgan xemosorbsiyani o’zgaruvchan tezligi bilan tushuntirish mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling