Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1.Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish usullari
2.Empirik sotsiologik tadqiqotning mazmun – mohiyati
3.Sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy asoslari
4.Sotsiologik ma’lumotlarni yig`ish metodlari
JAVOBLAR:
1- JAVOB.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo’lib qo’rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga ega. Bular quyidagilardan iborat:
1. BOSQICh. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:
Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.
Sotsiologik tadqiqot o’tkazish bo’yicha byurtma qabul qilish va uni o’tkazish bo’yicha shartnoma to’zish.
Bajariladigan ishlar bo’yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish.
Dastur ishlab chiqish.
Tadqiqot uslubiyati, texnikalari va vositalarini ishlab chiqish.
2. BOSQICH asosiy bosqich bo’lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o’z ichiga oladi:
Sotsiologik tadqiqot tanlovini o’tkazish.
Pilotaj.
Dastlabki sotsiologik ma’lumotlarni yig’ish.
Empirik ma’lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |