Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 133 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi133 Kb.
#185408
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sots 6

1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

Empirik tadqiqot g’oyasini ishlab chiqish.

Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

Analitik muolaja tayyorlash.

Ikkinchi bosqich: asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o’tkazish.

Uchinchi bosqich: Olingan empirik ma’lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:3.1.Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.3.3.Olingan natijalarni amaliyotda qo’llash.
Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgani so‘rov usulidir. So‘rov usulining qulayligi shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo‘llashi mumkin bo‘lsa, so‘rov usulida tadqiqot o‘tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o‘tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. So‘rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko‘lamini kengaytirishda so‘rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo‘llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o‘tkazish mumkin. Kuzatish usuli faqat hozirgi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumot bersa, so‘rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatdan ko‘zlagan niyatlari o‘tgan davrda qilgan va hozir qilayotgan ishlari, kelajakka mo‘ljallagan rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, kishining his-tuyg‘ulari, kechinmalari, harakat motivlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash kerak bo‘lganda bu usul qo‘l keladi. chunki bu hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo‘lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi.Kuzatish usuli faqat sotsiologiya yoki ijtimoiy fanlardagina emas, balki fanning barcha sohalarida ham keng qo‘llaniladi. Kuzatish turli maqsadlarda, turli shaklda, turli qamrovda, turli vositalar yordamida olib boriladi. Barcha odamlar o‘z hayotlarida kuzatish usulidan u yoki bu darajada foydalanadilar. Lekin ular foydalanadigan usul ilmiy kuzatish usuli emas, balki oddiy kuzatish usulidir. Oddiy turmushdagi kuzatish ham aksariyat holda muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va muayyan darajada tashkil etilgan bo‘ladi. Lekin bu kuzatishlar ilmiy maqsadni ko‘zlamagani va itmiy muammoni hal etishga qaratilmagani uchun ilmiy kuzatish bo‘la olmaydi.Sotsiologik kuzatishlarni shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin:

CHetdan kuzatish.

Ichkaridan kuzatish.

Ochiq kuzatish.

YAshirin yoki xufya kuzatish.

Ilmiy bilishning boshqa usullari singari kuzatish usulining ham afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Bu usulning eng asosiy afzalliklaridan biri shuki, u tadqiq qilinayotgan ob’ektdagi jarayonlarningkechishiga ta’sir o‘tkazmay yoki juda kam ta’sir o‘tkazgan holda o‘rganish imkonini beradi. Sotsiologik kuzatish ilmiy empirik bilish usuli sifatida va mohiyat e’tibori bilan murakkab jarayon bo‘lgani uchun reja asosida olib boriladi. Kuzatish rejasi usulning xususiyatlari va asosiy bosqichlarini nazarda tutgan holda tuziladi.

2- JAVOB.

Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini biz radio, televidenie, gazeta va jurnallar,ilmiy adabiyotlar orqali bilamiz.Ba’zida esa o’zimiz sotsiologik tadqiqot ishtirokchisi-respondent,ya’ni o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar haqida birlamchi ma’lumot manbasi sifatida qatnashamiz.




Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling