Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Empirik sotsiologik tadqiqot –
Download 133 Kb.
|
sots 6
Empirik sotsiologik tadqiqot – o’rganilayotgan ob’ekt haqida aniq ma’lumot olish maqsadida tashkil etilgan,mantiqiy ketma-ketlikdagi metodologik, metodik va tashkiliy muolajalar tizimidir. Har qanday sotsiologik tadqiqot o’tkazilishidan oldin biz uning dasturini tuzib olishimiz lozim.
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot, hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deb, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladi. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonining hozirgi bosqichida jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish, empirik ma’lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta’minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e’tibor qaratilmog’i lozim. 3- JAVOB. Sotsiologiktadqiqotlarbo‘lajakizlanishlarningilmiyasoslanganrejavadasturinitayyorlashdanboshlanadi. Dastur haqiqatdan kelib chiqqan va ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlangan bo‘lishi lozim. Zero, tadqiqotnatijalariqandaybo‘lishianashuomillargabevositabog‘liqdir. Dastur bo‘lajak tadqiqot materiallarini to‘plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarni aniqlash, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish tarxini chizib olish kabi qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi. SHunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo‘lim, ya’ni-nazariy metodologik va amaliy-uslubiy bo‘limlardan iboratdir. Nazariy-metodologik bo‘lim mavzu tanlash, tadqiqot ob’ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o‘z ichiga olsa, amaliy-uslubiy bo‘lim ma’lumotlarni to‘plash usullarini bayon etish, yig‘ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi. Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhimdir. Birinchidan, ishlab chiqilgan nazariy uyushmalardan real tadqiqot jaryonlariga o‘ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yig‘ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bilish, ko‘nikmalarga ega bo‘lish ana shu talablar mazmunidir. Bu ikki talabga rioya qilish, bir jihatdan, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyat ijtimoiy muammolarini tadqiq etish ishlarini uzluksiz amalga oshira borishni ta’minlasa, ikkinchi jihatdan, ilm-fan turli sohalarining uzviy rivojlana borishi uchun keng imkoniyatlar ochadi. Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo‘nalishlarda borishini ko‘rsatali. Maqsadning amalga oshirilish jarayonida tadqiqotchi uch an’anaviy vazifani o‘z oldiga qo‘yadi. Avvalo mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha tadqiq etish, ikkinchidan, bu ilmiy - amaliy mavzuning boshqa ilm va hayot jabhalari bilan nechog‘lik bog‘liqligi, ularga ta’siri masalalarini o‘rganish va nihoyat, uchinchidan, ijtimoiy ziddiyatli holatlardan chiqishning mantiqli asoslangan yo‘llarini belgilab berishdan iborat. Sotsioloik tadqiqotlar ilmiy atamalari va tushunchalari qatorida ob’ekt va predmet tushunchalariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Tadqiqotchi ijtimoiy muammo vaziyatini samarali hal etishi uchun ob’ekt va predmetni to‘g‘ri belgilashi muhim ahamiyatga ega. Ob’ekt odatda mustaqil tushuncha sifatida tadqqotchi ilmiy-amaliy faoliyatlarining umumiy sarhadlarini ifodalaydi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va maxsus tadqiqot ko‘lami sifatida o‘rganiladi. Ob’ekt predmetdan ma’no jihatidan ancha keng, predmet ob’ektning hosilasidir. Ob’ekt bu sub’ekt o‘rganishi kerak bo‘lgannarsa yoki voqelikni anglatsa, predmeti esa ob’ektning qay jihatlarini o‘rganishimiz kerakligini bildiradi. Zero, birgina ob’ekt zamirida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o‘rganish mumkin. Ilmiy muammmo ob’ektini tizimli tahlil etish tadqiqotchi uchun uch faoliyat yo‘nalishini ochib beradi. Ular quyidagilar: tadqiqot predmetini aniqlab olish, asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish hamda tadqiqot uchun ish gipotezasini yaratishdir. Ko‘pincha ana shu talabning uchchalasi bir paytda yuzaga keladi, shu boisdan ham yuqoridagi uch talabning dastur bosqichlari deb emas, balki dasturning uzviy qismlari deb qarash maqsadga muvofiqdir. Izlanishga qaratilgan tadqiqot rejasi uch bosqichdagi tadqiqot turini (hujjatlarni o‘rganish, ekspertlar bilan maslahatlashuv, kuzatish o‘tkazishni) o‘z ichiga oladi. Bu bosqichlarning birinchisida ilmiy muammo xususidagi ma’lum bo‘lgan barcha ilmiy, publitsistik va arxiv ujjatlarini chuqur o‘rganib chiqish nazarda tutilsa, ikkinchi bosqichda shu soha bo‘yicha taniqli olimlar, tajribali kishilardan iborat ekspertlar guruhi fikrini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. So‘nggi bosqichda esa tadqiqotchi muayyan ilmlar tasavvurlariga ega bo‘lgan holda ob’ekt xususida kuzatish ishlarini olib borishni ko‘zda tutadi. Izlanish rejasi ilmiy muammoni aniq nomlab olish va asoslaydigan gipotezani ilgari surish bilan yakunlanadi. Bayon etish rejasi bir qator sotsiologik tadqiqot rejalarini qo‘llash, olingan ma’lumotlarni tahlil etish orqali qabul etilgan farazning hayotiyligini tekshirib ko‘rish va o‘rganilayotgan ob’ekt xususida aniq miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega bo‘lishni taqazo etadi. Bayon etish rejasi asosida ish ko‘rilganda ilgari ma’lum bo‘lgan ko‘pgina faktlarni tartibga tushirish va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday ekanligi xususida ko‘pgina ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi. Bunday tadqiqotlar ob’ekt tuzilishiga aloqador barcha empirik ma’lumotlarni klassifikatsiya qilish bilan yakunlanadi. Sotsiologik tadqiqotlarning eksperimental rejasi ob’ekt haqida ma’lumotlar asosida izohlovchi farazni ilgari surish imkonini beradi. Mazkur tadqiqot rejasidan maqsad ob’ekt zamiridagi sabab oqibat aloqalarini aniqlash, ob’ektning ayni holati va rivojlanishi xususidagi shart-sharoitlarini aniq bilib olishdan iboratdir. Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishning real tajribasida muayyan ilmiy tadqiqot jarayonida yuqorida tilga olingan har uch reja ham o‘zaro uyg‘un holatda ketma-ket qo‘llanilib boradi. 4- JAVOB. Birlamchi ma’lumotlarni yeg’ishda sotsiologiyada 4 asosiy metod qo’llaniladi: Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling