1.So’rov metodi.
2.Hujjatlarni tahlil qilish metodi.
3.Kuzatish metodi.
4.Sotsial eksperiment.
So’rov metodi deyilganda kishilarning sub’ektiv dunyosi,ya’ni ularning biror hodisa va jaryon haqidagi fikrlarini,nuqtai nazarni o’rganishga qaratilgan metod tushuniladi.So’rov metodi 2 turga bo’linadi:
1.Anketali so’rov
2.Intervyu
O’tkazish texnikasiga ko’ra so’rovlar telefon orqali,matbuot orqali, pochta orqali,internet tarmog’i orqali kabi turlarga bo’linadi.
Anketali so’rov eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Anketa ko’pchilik respondentga mo’ljallangan. O’rtacha 20-30ta savoldan iborat bo’lgan, kompyuterda, tipografiyada, kseroksda ko’payti-rilgan hujjatdir. Anketalarda savollar Ochiq, yopiq, yarim ochiq, shuningdek nazorat, filtr, jadval savollar bo’lishi mumkin. Yopiq savollarda savol matnidan so’ng sotsiolog javobning bir necha variantini taklif etadi,m-n: Oilaviy daromadingiz qancha?
A)25000dan 40000 so’mgacha
V)40000dan 80000so’mgacha
S)150000dan ko’p
Ochiq savollarda savol matnidan so’ng sotsiolog respondentdan o’z shaxsiy fikrini izhor qilishini so’raydi, m-n:
Do'stlaringiz bilan baham: |