Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash moduli


Download 1.03 Mb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1404162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash

oʻrta daraja (hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana olish va qoʻllay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar koʻrinishidagi oddiy maʻlumotlar toʻplamini talqin qila olish yoki qoʻllay olish);
yuqori daraja (murakkab maʻlumotlarni tahlil qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalaridan foydalangan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini belgilash).
PISA–2015 tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik modeli



Mazkur model PISA–2015 tabiiy fanlar doirasining asosiy komponentlarini hamda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni baholashda qoʻllaniladigan topshiriqlarning tuzilishi, mazmunining oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi. Oʻquvchilar topshiriq kontekstida ifodalangan muammoli vaziyatni hal etishda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik kompetensiyalarini namoyish etishlari talab etiladi. Oʻquvchilarning munosabati (tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishi, tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashishi, atrof-muhit bilan bogʻliq masalalardan xabardorligi) va bilimlari (fanning mazmuniga oid, metodologik, epistemik bilimlar) ularning natijalari (tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik) ni belgilaydi.
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling