Òpkaning tiriklik siģimi va nafas chastotasini aniqlash


Download 21.41 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1789064
Bog'liq
Amaliy mashģulot


Òpkaning tiriklik siģimi va nafas chastotasini aniqlash.

Nafas olish organizmning asosiy funksiyalaridan biri bolib, organizmga kislorod kirishini, undan oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida foydalanish, shuningdek, organizmdan moddalar almashinuvining oxirgi maxsuloti bolgan karbonat angidrit gazi va boshqa bazi birikmalar chiqarilishini taminlaydigan jarayonlar yigindisidan iborat. Nafas olishning ikki turi mavjud: tashqi va toqima orqali, nafas olish boladi.


Tashqi nafas olish gazlar almashinuvi uchun moslashgan organlarda amalgam oshadi, ular ogiz boshligi, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va opkadan tashkil topgan.
Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, Atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrit gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi.
Odam organizmida sodir boladigan oksidanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun xayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bogliqdir. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni opkadan tukimalarga, karbonat angidridni tukimalardan opkaga qon tashib beradi.
Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:
1.Tashki nafas yoki opka nafasi organizm bilan tevarak muxit ortasida opka orqali gazlar almashinuvi.
2.Ichki nafas yoki tokimalar nafasi hojayralarda roy beradigan jarayonlarni oz ichiga oladi.
3.Qonnig gazlarning tashishi, yani qon orqali opkada toqimalarga kislorod va tokimalardan opkaga karbonat angidrid yetkazib berilish.
Odam nafas olganda havo burunga, songra burun halqumiga, hiqildokga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollalarga va nihoyat alviollarga kiradi.
Burun boshliga. Kichik yoshdagi oquvchilarning burni ancha kichik boladi. Taxminan bola besh yoshga borganda burun kotarmasi yuqolib ketadi. Burun boshligini tashkil topishida burun suyaklari togaylar qatnashadi.
Burun boshligining ichki shilliq yuzasini kopchilik qismida kop yadroli tukli silindrik epiteliya bilan qoplangan bolib, bu qismida shilliq ishlab chikaruvchi bezlar joylashgan boladi. Burun boshligida shuningdek hid bilish peseptorlari joylashgan boladi. Burun boshligidagi tuklar havo bilan kirgan changlarni ushlab qolib tashqari chiqarib tashlaydi.
Bundan tashqari burun boshligi kapilyar qon tomirlari bilan yaxshi taminlangan bolib, tashqaridagi burun boshligi orqali opkaga otayotgan havo ilib otadi.
Xiqildok bir briga birikkan xarakatchang togaylardan iborat boladi. Bolalarda xiqildok tana uzunligiga nisbatan kattalarga qaraganda uzunroq boladi. Xiqildok bolaning besh yoshida va jinsiy balogat davrida intensive rivojlanadi. Qizlarning 3 yoshida xiqildok shu yoshdagi ogil bolalarga nisbatan kichikroq va torroq bola boshlaydi. Ayollar xiqildogi erkaklarnikiga nisbatan 1\4 qismga xiqilrokdir. Xiqildokning osishi odamning 20 30 yoshigacha davom etadi. Yosh bolalarda ovoz yorigi tor, xiqildok va ovoz boylamlari mustaqil ovoz muskillari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun ogil bolalarda ovoz pastok boladi.
Traxeya buyinning oldingi kismida joylashgan bolib, xiqildokning pastga qarab yunalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5 6 kokrak umurtkasi damiga kelib ikkita bronxga bolindi.
Traxeyaning ichki tomonidan nozik shillik parda bilan qoplangan . Uning yoli shu qadar torki shillik pardasi yalliglaganda yoki traxeya ichiga yot jismlar tushib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab boladi.
Traxeyaning uzunligi yangi tugilgan bolalarda 3 4 sm., 5 yoshda 5 6 sm., 10 yoshda 6,3 sm., 15 yoshda 7,5 sm., kattalarda esa 9 -12 sm. ga togri keladi. Bolalarda traxeyaning shillik qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan juda yaxshi taminlangan. Shuning uchun bazida kattalarga nisbatan ong zarrakari mikroblar bola traxeyasining shillik kavatiga tez ornashib qoladi.
Bronxlar traxeya ong va chap broxga bolanadi. Ong bronx oz navbatida 3 bolakka bolinsa, chap bronx esa 2 bolakka bolinadi. Ung tomondagisi goyo traxeyaning davomini bolsa, chap tomondagisi otni burchak ostida chiqadi. Ong bronx ikkinchisidan kattaroq boladi. Yot jismlar kopincha ong bronxga tushib qoladi.
Kichik yoshdagi oquvchilarning bronxlari tor, togaylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha sust rivojlangan boladi. Bronxlarni koplab turgan shillik parda qon bilan mol qul taminlanadiyu, lekin bir muncha quruk toradi. Bronxlarning osishi kichik maktab davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.
Bronxlar mayda bronxlarga, ondan song esa bronxiollarga bolinib, xar bir bronx bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib, oxiridi opka hujayralari alviollalar bilan tugaydi.
Òpka kòkrak qafasining tegishli yarmida joylashgan bolib, ong va chap opkadan iborat boladi.Bolalarning yoshi orta boshlashi bilan opkaning ogirligi va xajmi ortib boradi. Yangi tugilgan bolalarda ikki opkaning ogirligi 50 57 g, 1 2 yoshda 225 g., 5 6 yoshda 350 g., 9 10 yoshda 395 g., 15 16 yoshda 690 700 g., kattalarda esa 1000 g. boladi. Opka xajmi yangi tugilgan bolalarda 70 sm3 , 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamlarda esa 1400 sm3 boladi.
Opkaning òsishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga boladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga tasir qiladi.
Alviollalar devorlari yupqa bolishi va ularning qon kopilyarlar tori bilan oralib torishi qon gazlari bilan opka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imkon beradi.
Yangi tugilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam boladi. Alviollalarning intensiv osishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa opkaning yuzasini ancha ortishiga sabab boladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez osib rivojlanadi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bolgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. Masalan: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal taminlanishi uchun ushkasidan 1 minutda 1400 1500 sm3 xavo otishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bolgan extiyojini qondirish uchun esa 300 400 sm 3 xavo otishi kerak. Bolalarning tinch holatida va ayniqsa mushkul ishida kattalarga nisbatan tez tez nafas oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniksa qayikda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti bilan shugullansa, opkaning tiriklik sigimi ortadi. Bunga asosiy sabab jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga bolgan extiyoji ortadi, natijada opkaning nafasda ishtiroq etadigan yuzasi ham asta sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida opkaga oqib keladigan qon mikdori ham kopayib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.
Opka maxsus parda yoki plerva bilan qoplangan boladi. Plervaning bir ---- kokrak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varagi opkani orab turadi va bu varaqlar opka oldi yonida bir biri bilan bilinmay qoshilib ketadi. Yopik toradigan varaklar orasida tirkishsimon boshlik plerva boshligi boladi. Unda bir oz mikdorda suyuklik boladi, shu suyuklik varaklarni namlab turadi va bir biriga ishkalanishga yul quymaydi.
Nafas xarakatlarining boshqarilish uzunchoq miyadagi bir guruh nerv hujayralarning faoliyati nafas muskullarining qiskarishiga sabab boladi. Bu hujayralar nafas markazi deb ataladi. Nafas markazi hujayralari uzunchoq miyaning ong va chap yarmida joylashgan va miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining toxtashi faqat tegishli tomondagi nafas muskullar ishini tohtatishiga sabab boladi. Nafas markazida faqat nafas olishni yoki faqat nafas chiqarishni taminlaydigan neyronlar bor. Ammo uzunchoq miya bugunligicha salanib qolsa, uning yuqorida yotgan bosh miya bolimlari bilan, xususan miya postlogi bilan aloqa buzilsa, nafas ham izdan chiqadi. Nafas xarakatlari reflektor yoli bilan boshqariladi. Tanamizning boshqa qismlari tasvirlanganda ham nafas reflektor ravishda ozgaradi. Masalan: Chomilish vaqtida sovuqga chopish nafasni kiska vaqt tohtab qolishiga sabab boladi.
Hiqildok nervi uchlarining nafas yullarida chang yoki shilimshik bilan tasirlanishi yotalga sabab boladi. Burun halqumning chang yoki shilimshik bilan tasirlanishi aks orishga sabab boladi.
Soglom organizmda nafas oraliq miya postlogi ishtirokida boshqarilib boradi. Katta yoshli odam va katta yoshli bolalar oz ixtiyori bilan nafas tezligini va chuqurligini ozgartirishi mumkin.
Bundan tashqari, nafas tezligi uning emosional xolatiga boglik boladi. Bosh miya katta yarim sharlarining peshona bolaklarini tasirlash nafas xarakatlarining ozgarishiga sabab boladi.
Sportchida start oldidan, oquvchining ekzamen oldidan, ishchini mexnat jarayoni boshlanishi oldidan nafasini tezlashishi ham shartli refleksdir.
Nafas olish gigienasi deganda togri nafas olishni taminlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera xavosi burun boshligiga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun boshligida tukchalarning bolishi bunga yordam beadi. Demak, burun bilan nafas olish gigienik jixatdan maksadga muvofik hisoblanadi. Ogiz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz kismi va kokrak nafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez tez shamolash, halqum va traxeyaning shillik qavatining yalliglanishiga olib keladi. Ammo, gapirganda, ashula aytganda ogiz bilan nafas olishga majbur bolinadi. Shuning uchun ashula darslari otkaziladigan xonalar ozoda, havosi esailik bolishi kerak.
Bolalarga togri nafas olishni orgatish fizkultura mashqlarini otkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugirish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek otirganda togri nafas olishni bolalarga orgatish kerak.
Bizni orab turgan havoning tarkibi normal sharoitda ancha doimiy boladi. Kislorod 20,945, karbonat angidrid gazi 0,03% va azot 79,03% boladi.
Oquvchilarni toza havo bilan taminlash uchun sinflarda har bir oquvchiga 16 kubFm dan to 20 kubFm gacha, sanitariya nomalariga muvofik esa 4,5 kubFm dan 5 kubFm tacha ega bolishi kerak.
Nafas chuqurligi va chastotalari. Voyaga yetgan odam daqiqasiga15-17 marta nafas harakatlarini bajaradi: bir marta tinch-normal nafas olganda 500 ml havo oladi. Jismoniy ish bajarganda nafas olish 2-3 martaga tezlashadi. Ayrim sport mashqlarini bajarish paytida nafas harakatlari daqiqasiga 40-45 martagacha ortadi. Jismoniy mashqlar bilan chiniqqan odamlarda aynan bitta ishni bajarish paytida opka ventilyasiyasining hajmi asta-sekin orta boradi, yani nafas olish shunchalik sekin, lekin chuqur boladi. Chuqur nafas olinganda alveolyar havo 80-90 % ga ventilyasiya qilinadi, yani alveolalar orqali katta miqdordagi gazlarning diffuziyasini taminlaydi. Yuzaki va tez-tez nafas olinganda alveolyar havoning ventilyasiyasi jiddiy darajada kam boladi va nafasga olinayotgan havoning nisbatan katta qismi olik boshliq deb ataluvchi burun,halqum, ogiz boshligi, kekirdakda va bronxlarda qoladi. Shunday qilib, sport bilan shugullangan odamlar qoni sport bilan shugullanmagan odamlarnikiga nisbatan kislorod bilan juda yaxshi toyinadi. Nafasning chuqurligi bir marta nafas olinganida opkaga tushadigan havoning hajmi nafas havosi bilan xarakterlanadi. Yangi tug ilgan bolalarda nafas olish yuzaki va tez boladi. Nafas chastotasi juda ozgaruvchan bolib, uyqu paytida bir daqiqadagi nafas sikli 48-63 martagacha yetadi. Bolalar hayotining birinchi yilida ularning bedorligi paytida nafas harakatlarining chastotasi daqiqasiga 50-60 marta, uyqu davrida 35-40 martani tashkil etadi. 1-2 yoshli bolalarning bedorligi paytida nafas chastotasi, 35-40, 2-4 yoshli bolalarda 25-35 va 4-6 yoshli bolalarda bir daqiqada 23-26 marta nafas harakatlari kuzatiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yana ham nafas harakatlarining kamayishi (18-23 marta 1daqiqada) kuzatiladi. Bolalardagi katta miqdordagi nafas harakatlari yuqori opka ventilyatsiyasini taminlaydi. 1oylik bolalarning nafas havosining hajmi 30 ml,1 yoshda 70 ml, 6 yoshda 156 ml, 10 yoshda 230 ml, 14 yoshda –300 ml ni tashkil etadi. Bolalarda nafas harakatlari chastotasi katta bo’lganligi nafasning minutlik hajmi voyaga yetgan odamlarnikidan jiddiy darajada yuqori (1 kg tirik vaznga nisbatan). Nafasning minutlik hajmi – bu odam 1 daљiљa davomida oladigan havoning miqdoridir: bu miqdor nafas harakatlarining soniga kopaytirish yoli bilan aniqlanadi. Yangi tug ilgan bolalarda nafasning daqiqalik hajmi 650-700 ml havoni, hayotining birinchi yilini oxirida 2000-2600 ml, 6 yoshda 3500 ml, 10 yoshda 4300 ml ni, 14 yoshda 4900 ml ni tashkil etsa, voyaga yetgan odamlarda 5000-6000 ml ni tashkil etadi.Opkaning tiriklik sigimi. Tinchlik paytida voyaga yetgan odam nisbatan bir xilda nafas oladi va chiqaradi (500 ml ga yaqin). Lekin kuchli nafas olingandan keyin yana 1500 ml havo olish mumkin. Odatiy nafas chiqarishdan keyin, yana 1500 ml havo chiqarishi mumkin. Chuqur nafas olinganidan keyin odam chiqaradigan eng kop miqdordagi havoga opkaning tiriklik sigimi deyiladi.Opkaning tiriklik sigimi yoshga bogliq holda, jinsga, kokrak qafasi hajmiga, uning muskullarini rivojlanish darajasiga bog liq holda ozgarib turadi. Odatda u erkaklarda, ayollarga nisbatan katta, sportchilarda, sport bilan shugullanmaganlarga nisbatan katta. Masalan u shtangachilarda 4000 ml ga yaqin, futbolchilarda 4200 ml, gimnastlarda 4300, suzuvchilarda 4000, eshkak eshuvchilarda 5500 ml va undan ham yuqori boladi.
Opkaning tiriklik sigimini olchashda bolani ozining faol va aqliy ishtiroki talab qilinadi, ana shu sababli uni faqatgina 4-5 yoshdan keyingina olchash mumkin.
Bolalar16-17 yoshga yetganida ularning opkasining tiriklik sigimini olchami voyaga yetgan odamlarnikiga teng boladi. 
Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling