Plagiat haqida tushuncha
Yuklash Foydalanuvchi tizimga hujjat yuklaydi Qidirish
Download 364.44 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Antiplagiat” tizimining imkoniyatlari
- To‘liq maxfiylik
- Batafsil hisobot
Yuklash
Foydalanuvchi tizimga hujjat yuklaydi Qidirish Tizim qidirishning noyob algoritmi yordamida manbalar bazasida hujjat matnini qidiradi Tahlil qilish Tizim mos kelishlarni tahlil qiladi va o‘zlashtirib olishlar yoki iqtibos keltirishlar fragmentlarini aniqlaydi Natija Foydalanuvchi hujjatni o‘zlashtirib olishlarga tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni oladi “Antiplagiat” tizimining imkoniyatlariQulay infratuzilmaBiz “Antiplagiat” tizimini u foydalanuvchilarimizning asosiy ehtiyojlariga javob beradigan qilib yaratdik. Tizimda shaxsiy kabinet, hujjatlarni boshqarishning qulay sxemasi va tekshirishlarning shaxsiy tarixi ko‘zda tutilgan. Oson navigatsiya va ixcham dizayn tizimda joyni aniqlashga va ishlash uchun kerakli vositalarni osongina topishga yordam beradi. Biz matnlaringiz sifatini oshirish uchun barcha mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maksimal darajada qulay bo‘lishiga intilamiz. Sichqoncha tugmasini bir necha marta bossangiz kifoya — hujjatlar bo‘yicha batafsil hisobot tayyor! To‘liq maxfiylikBiz foydalanuvchilarimiz o‘z ishlarida eng dolzarb ma’lumotlardan foydalana olishlariga intilamiz. Har kuni 126 mingdan ortiq foydalanuvchi o‘z matnlarini tekshirish uchun “Antiplagiat” tizimiga yuklaydi. Ma’lumotlarning shunchalik katta hajmiga qaramasdan hujjatlaringizning maxfiyligiga to‘liq amal qilinishiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Biz mijozlarimiz xavfsizligi uchun qayg‘uramiz va foydalanuvchilarga “Antiplagiat” tizimiga yuklangan barcha ma’lumotlarning 100% himoya qilinishini kafolatlaymiz. Tizimga kirish qat’iy tarzda foydalanuvchiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida beriluvchi login va parol asosida amalga oshiriladi. Sizning birorta ham hujjatingizdan tizimning boshqa foydalanuvchilari hamda undan tashqaridagilar foydalana olmaydi. Batafsil hisobotBiz foydalanuvchilarimiz o‘z hujjatlarini tekshirishda maksimal darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun qayg‘uramiz. “Antiplagiat” tizimi yordamida har bir foydalanuvchi bevosita o‘z hujjatini tekshirish uchun manbalar to‘plamlarini tanlashi mumkin. Ulanuvchi modullarning keng ko‘lamdagi ro‘yxati o‘zlashtirib olishlarni qidirish bo‘yicha o‘z tizimini shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi. Sizda hamkorlarimizning (RDK, eLIBRARY, Garant, LEXPRO) to‘plamlarini ulash, iboralari o‘zgartirilgan va tarjima qilingan o‘zlashtirib olishlarni izlash va hattoki grafik tasvirlardagi matnni tanib olish imkoniyati mavjud. Tekshirish bo‘yicha batafsil hisobot Sizga hujjatdagi qaysi matnli fragmentlarning to‘g‘ri va qaysilarini noto‘g‘ri rasmiylashtirilganini aniqlashingizga yordam beradi. Download 364.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling