Planeta detey


Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik tizimi mavsum


Download 101.54 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi101.54 Kb.
#1489164
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yillik reja (2)

Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik tizimi mavsum davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni ta’lim-tarbiya olishlarida shart-sharoitlar, jumladan telegram kanalda maktabgacha ta’lim tashkilotining alohida ota-onalar ishtirokida guruxi tashkil qilinib kun davomidagi faoliyatimiz hakida ma’lumot berilib borildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda hamkorlikdagi ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Ota-onalar yig‘ilishlari o‘tkazildi. Majlislarda barcha ota-onalar ishtirokini ta’minlashga harakat qilindi. Kuzatuv kengashi rais, kotib va a’zolari tayinlandi. Kuzatuv kengashi faoliyati uchun barcha sharoitlar tashkil qilindi.
Tashkilot rahbariyati tomonidan har oyda ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. "Ochiq eshiklar kuni" ota-onalar kun davomida farzandlarining maktabgacha ta’lim tashkilotidagi faoliyati bilan tanishib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlar olishdi.
Yuqorida amalga oshirilgan ishlarni davom ettirib, 2022-2023 o‘quv yii davomida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
Tashkilotda bolalarni hayoti va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish;
"Oila an’analarining bola tarbiyasidagi roli", "Oilada ma’naviy va axloqiy ta’lim-tarbiya" mavzularida davra suhbatlari tashkil etish rejalashtirilgan. Yil davomida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish.
Milliy urf-odatlar va an’analarimizni o‘rganish bo‘yicha ochiq noan’anaviy mashg‘ulotlarda ota-onalar ishtirokini ta’minlash.
"Zumradoylar davrasida" to‘garagida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar ota-onalarga beriladi.
Tashkilotda tashkil etilgan “Otalar maktabiga ”faol ishtirok etish.
Bolalar hayoti va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ota-onalar tomoidan amalga oshiriladigan ishlar jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelganda tarbiyachining shaxsan o‘ziga topshirishi, shuningdek bolani maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish vaqtida tarbiyachilar bolani shaxsan ota-onalarga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshirishi shartligi. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan yaqin qarindoshlari tomonidan olib ketilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda bolalarni olib ketuvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ko‘rsatilishi lozimigi, maktabgacha ta’lim muassasasidan bolalarni boshlang‘ich maktab yoshidagi (1-4 sinflar) hamda mast holatdagi shaxslar tomonidan olib ketilishi ma’n etilishi, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolasini maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketishga kelmay qolganda, tarbiyachi ish vaqtidan so‘ng bolani uyiga kuzatib qo‘yishi lozimligi, bunday vaqtda tarbiyachi tomonidan bolani bir o‘zini guruhda yolg‘iz qoldirish yoki boshqa xodimlarga tashlab ketishi qat’iyan taqiqlananishi, tarbiyachi tomonidan bolani uyiga kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslari tomonidan amalga oshirish ishlari olib borildi.
MTT moddiy texnika bazasini yaxshilash va mustahkamlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-Barcha guruh xonalari joriy ta’mirlandi.
- Tuman MTB tomonidan tashkilotdagi barcha temir krovatlar divanchalarga almashtirildi.
-MTB tomonidan noutbuk.printer berildi.

Download 101.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling