Planeta detey
Download 101.54 Kb.
|
yillik reja (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg’ona viloyati Toshloq tumanidagi “ PLANETA DETEY” Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
- Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida umumiy M A ‘ L U M O T
- Farg’ona viloyati Toshloq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tassarrufidagi «PLANETA DETEY” DXSh BMTTning 2021-2022 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
- Salomatlik va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi
- Ertalabki badantarbiya.
- Chiniqtirish.
Farg’ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi Toshloq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi
Farg’ona viloyati Toshloq tumanidagi “PLANETA DETEY” Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2022 -2023 o‘quv yili uchun YILLIK ISH REJASI “PLANETA DETEY” Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida umumiy M A ‘ L U M O T:
Farg’ona viloyati Toshloq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tassarrufidagi «PLANETA DETEY” DXSh BMTTning 2021-2022 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan H I S O B O T I «PLANETA DETEY” DXSh NMTT 2021-2022 yillarda “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi asosida ta’lim- tarbiyaviy ishlar amalga oshirildi. O’quv yili davomida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ochiq mashg’ulotlar,ota-onalar bilan ishlash,bolalardagi iqtidor va iste’dodini ro’yobga chiqarish vazifalari ustuvor qilib olindi. Tashkilot zamonaviy binoga joylashgan. Loyiha bo‘yicha 75 nafar bolaga mo‘ljallangan, ro‘yxat bo‘yicha 75 nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. O‘quv yili davomida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan yo‘llanmalar asosida ota-onalar bilan shartnomalar tuzildi va ularning bir nusxasi ota-onalarga berildi. Maktabgacha ta’limda shtat bo‘yicha 5 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatdi. MTTning 2022 o‘quv yili uchun Yozgi soglomlashtirish ish rejasi tuman MTB tomonidan ko‘rilgan, tashkilotning iyun oyidagi ishlab chiqarish yigilishida tasdiqlangan. O‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda boshqaruv organlarining qaror va buyruqlarini ro‘yhatga olish va ularning ijrosini ta’minlash talab darajasida olib borildi. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: -tarbiyalanuvchilar salomatligi holati, yoz mavsumi davomida bolalarning kasallanishi, maxsus tibbiy-profilaktika ishlarini tashkil qilish uchun sog‘lomlashtirish guruhlari to‘g‘risida umumlashma ma’lumotlar, jismoniy-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish, chiniqtirish, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, qabul qilingan bolalarni moslashuvi natijalari va h.k. Quyida umumiy xulosalar beriladi (salomatlik darajasi va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha aniqlangan tendensiyalar), yozgi mavsumda reja loyihasiga takliflar kiritiladi. Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida belgilangan daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtirok etishga hamda o‘yin topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish nazarda tutiladi. Har bir mashq musiqa sadosi ostida amalga oshiriladi. har kuni ertalab musiqa sadosi ostida badantarbiya qilish; harakatlarni namunaga muvofiq bajarish; badantarbiyani ochiq havoda, engil kiyimda bajarish;. Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshirildi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshirildi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari, so‘ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko‘paytirishlari mumkin. Bolalarni yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga o‘rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng tushlikdan oldin o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar kiritildi. Tashkilotdagi barcha tarbiyalanuvchilar bolalar sog‘ligi muntazam nazorat qilib borildi. Bolalarda uchraydigan kasalliklarnierta aniqlash va oldini olish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirildi. tor mutaxassislar ko‘rigini yilga 2 marta tashkil etiidi va bolalar salomatligini nazorat qilish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. patronaj ishlarini sifatli olib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi va ularni o‘z vaqtida olib borilishi nazoratga olindi. Mavsum davomida ota-onalar bilan bolalar salomatligini saqlash, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish hamda chiniqtirish kabi mavzularida suhbatlar tashkil etildi. Bolalardagi qomat va yassi oyoqlikni kuzatish, davolovchi muolajalarini o‘z vaqtida olib borildi. Xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tadbirlar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Quvnoq estafetalar" o‘tkazildi. Download 101.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling