Planeta detey
MTT bitiruvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va ularni rivojlanishda m
Download 101.54 Kb.
|
yillik reja (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish maqsadida
MTT bitiruvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va ularni rivojlanishda maktabgacha ta’lim muassasasiga yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq va boshqa xujjatlar muassasaning ma’sul xodimi tomonidan o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, ijrosi ta’minlandi. Buyruq va tadbirlar ishlab chiqilib, xodimlarga etkazildi, maktabgacha ta’lim bo‘limiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar topshirildi. O‘tkazilgan ta’lim tarbiya jarayoniga oid bo‘lgan tadbirlar jarayonida pedagoglarning o‘z ustilarida ishlashlari, mashg‘ulotlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish uchun o‘quv yili davomida tavsiyalar berib borildi. Ish rejada olingan vazifalarning ijrosi yuzasidan hujjatlarning yig‘ma jildlari shakllantirildi. Seminarlar, maslahatlar, ishlab chiqarish yig‘ilishlari, xamda ota-onalar majlislarida o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlarida «Ilk qadam» dasturi asosida ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi. Guruhlarda ta’lim samaradorligini oshirish ishlari mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali va didaktik materiallar asosida tashkil etish ishlari qattiq nazoratga olindi. Tashkilot tarbiyachilari tomonidan dasturga kirgan barcha faoliyatlar uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlandi. Mashg‘ulotlar uchun konspektlar, ko‘rgazmali va tarqatma materialllar har bir yosh guruhlar uchun ishlab chiqildi. Kichik va katta, maktabga tayyorlov guruxlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilar tomonidan tabiat bilan tanishtirish, nutq o‘stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish va matematika mashg‘ulotlari uchun qator ko‘rgazmali qurol va o‘yinlar tayyorlandi. Bolalarni bilimlari yil davomida ikki marta belgilangan mezonlar asosida aniqlandi. Aniqlangan bo‘shliqlar asosida bolalar bilan yakka tartibda ishlar olib borildi. Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish maqsadida mavsum davomida “Tarbiyachi mehnati, bog‘bon mehnatiga o‘xshaydi. Ayrim o‘simliklar quyoshni yorug‘likni boshqalari soyani, kunli erni suvini. Har biriga alohida e’tibor kerak mavzusida nazariy “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari”va “ Ilk qadam” dasturi asosida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida tarbiyachilarga bolalar bilan davlat talaablari asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha bilimlar berildi. Tarbiyachilar uchun o‘quv yili davomida maktabgacha ta’lim mtashkilotida kun davomida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha muntazam maslahatlar berib borildi. Download 101.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling