Planeta detey


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning


Download 101.54 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi101.54 Kb.
#1489164
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yillik reja (2)

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘ligini
muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM


Mazkur Nizom Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (bundan buyon matnda maktabgacha ta’lim muassasasi deb yuritiladi) tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligini mustahkamlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.


1-bob Umumiy koidalar


1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligini mustahkamlash maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga hududiy sog‘likni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligini mustahkamlashni tashkil etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
3. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul kilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni mazkur Nizom bilan tanishtirish tavsiya etiladi.


2-bob. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilishni tashkil etish.


4. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maksadida maktabgacha ta’lim muassasasida telefon apparatlari mavjud bo‘lgan joylarda, shuningdek barcha xodimlar kirishi va ko‘rishi mumkin bulgan joylardagi e’lonlar taxtasiga yong‘in xavfsizligi, favkulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari xamda ichki ishlar organlarining telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar osib qo‘yiladi.
5. Maktabgacha ta’lim muassasasining gurux tarbiyachisida tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, shuningdek ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari yoki boshka aloqa vositalari haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur.
6. Tarbiyalanuvchi maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtda sog‘ligining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar etib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim.Tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga kuzatilgan holat va ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam hakida to‘liq ma’lumot beriladi.
7. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtda ularni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
8. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
9. Tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.
10. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqilganda gurux kamida 2 nafar xodim bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib boradi.
11. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelish va olib ketishda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tarbiyalanuvchini shaxsan gurux tarbiyachisiga topshirishi, shuningdek uni olib ketishda guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchini uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga topshirishi lozim.
12. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar havfsizligini ta’minlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi mumkin.
13. Maktabgacha ta’lim muassasasining xar bir qavatida hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylarda favkulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda tarbiyalanuvchilarni evakuatsiya qilish rejasi joylashtiriladi.
14. Tungi guruxi bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasining navbatchisi yoki tungi tarbiyachisi xar kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oraligida yong‘in havfsizligi idoralariga maktabgacha ta’lim muassasasida mavjud bolalar va xodimlar soni haqida ma’lumot beradi.
15. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maksadida:
-maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga kirish eshigiga qo‘ng‘irok o‘rnatilishi;
-guruxda mavjud bo‘lgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga muljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qo‘yilishi lozim.
16. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududida, shuningdek guruhlarda inson uchun havfli bo‘lgan o‘simlik va buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.

Download 101.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling