Planetalar harakati; Butun olam tortishish qonuni. Сhegaralangan ikki jism masalasi. Butun


Download 8.47 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi8.47 Kb.
#1782692

Planetalar harakati; Butun olam tortishish qonuni. Сhegaralangan ikki jism masalasi. Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning u niversal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim). 37- Toʻlqin uzunligi - biror muhitda qandaydir maʼlum yoʻnalishda tarqalayotgan tebranma harakatning ikkita ketma-ket keluvchi, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalar orasidagi masofa. Tebranma harakat muhitda v tezlik bilan tarqalayotgan boʻlsa, toʻlqin uzunligi, X toʻlqinning bir davr G ichida tarqalish masofasiga teng , yaʼni XqvT. Toʻlqinlarning fizik tabiatiga qarab ularning Toʻlqin uzunligi bir necha kilometrdan angstremning (lA q10~10 m) maʼlum ulushlarigacha boʻlgan qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Bir jinsli muhitda va havoda tovush va elektromagnit toʻlqinlar oʻzgarmas tezlik bilan (itq331 m/s; s q300000 km/s) tarqaladi, shuning uchun toʻlqin uzunligi tebranish davri toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻladi.

  • 38- Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon koʻrinishidir. Materiyaning har qanday oʻzgarishlari, ularning oʻzaro taʼsirlari vaqt oraligʻida va fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga taʼsiri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita taʼsir etadi. Har bir zaryad d oʻz atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga taʼsir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud boʻlgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga Gʻ kuch taʼsir etishidir. Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi boʻlib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr kuchlanishi bilan oʻlchanadi. Kuchlanish vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat zaryadga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishi bilan bir xil.
  • Barcha nuqtalarda Elektr maydon kuchlanganligi ham yoʻnalish, ham miqdor jihatdan bir xil boʻlgan magnit maydon bir jinsli maydon deb ataladi. Maydon potensiali skalyar kattalik, u Elektr maydonning energetik xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr maydonni yaqqol tasavvur qilish maqsadida elektr kuch chiziqlari va ekvipotensial sirt tushunchalaridan foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye vektor oʻziga urinma boʻlgan chiziqni elektr kuch chizigʻi deyiladi. Elektr kuch chiziqlari Elektr maydonni faqat yaqqol tasvirlabgina qolmay, balki ularning zichligi orqali Ye ni baholash mumkin. Kuch chiziqlari zich oʻtkazilgan joylarda kichik boʻladi. Bir jinsli maydonning kuch chiziqlari oʻzaro parallel yotadi. Hamma nuqtalarida potensial qiymati bir xil boʻlgan sirtlar ekvipotensial sirtlar deyiladi. Bir jinsli Elektr maydon uchun ekvipotensial sirtlar oʻzaro parallel tekisliklardagi, nuqtaviy zaryad maydoni uchun markazi zaryad ustida yotgan konsentrik aylanalardan iborat.
  • kki jism masalasi - butun olam tortishish qonunita muvofiq, birbiriga bogʻliq ikki jismning harakati haqidagi masala. Bunda moddiy nuqta deb hisoblanadigan shu jismlardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati tekshiriladi. Ikki jismning oʻzaro tortishishi natijasida biri ikkinchisiga nisbatan aylana, ellips, parabola yoki giperbola boʻylab harakatlanadi. Yuqoridagi differensial tenglamani integrallab, const ni hosil qilish mumkin. Demak, m ning M atrofida aylanish jarayonida uning radius-vektori vaqt birligida chizgan yuzasi oʻzgarmaydi. I. j. m.ni yechishda Kepler ning uchinchi qonuni keltirib chiqariladi. I. j. m. yechimlari osmon jismlarining harakatini taqribiy hisoblashda qoʻllaniladi.[1]

Download 8.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling