Plastik massalarni qayta ishlash jihozlari
ASOSIY JIHOZNING ISHLASH PRINTSIPI ASOSIY PARAMETRLAR VA REJIMLAR
Download 388.5 Kb.
|
“LS Mtron” bosim ostida quyish
ASOSIY JIHOZNING ISHLASH PRINTSIPI ASOSIY PARAMETRLAR VA REJIMLAR
Bu parametrlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan, bu parametr ko’rsatkichiga amal qilinganda olingan buyumni xossasi quyidagilar: zichligi, ichki kuchlanishi ko’rsatkichi, materialni strukturasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari buyum yuzasini xolati ekspluatatsiya yoki saqlash davomida buyumni o’lchovlarini o’zgarishi va boshqalardir. Yana shuni aytib o’tish kerakki, buyum xossasiga quyish jarayonida sodir bo’ladigan destruktsiya yoki choklanish reaktsiyalari xam ta’sir etadi. Ayrim parametrlarga to’xtalib o’tamiz: 1) Mashinani ish unumdorligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: G=3.6 g/τts kg/soat bu yerda: g-quyma massasi; Τ-tsikl vaqti. Shuni aytish kerakki, τts-xaroratni ta’siri kuchli. Past xaroratda protsess olib borilsa G-kamayib ketadi. 2) Quyish qolipining xarorati quyish xaroratiga bog’liq va uning ko’rsatkichi tajribalar orqali belgilanadi. 3) Sikl davomati – texnologik talablarga qarab belgilanadi, unda τₒₓ=τ³+τ bundan ko’rinib turibdiqi termoplastni ish unumdorligi buyumni qolipda shakllanishiga bog’liq, chunki o’sha vaqt davomida mashina tsilindrda granuladan suyuqlanma tayyorlanib turiladi. Bosim ostida quyish usuli bilan buyum olishning texnologik sxemasi quyidagi quyidagi operatsiyalardan iborat: xom-ashyoning kelishi, uni saqlash, qoplardan bo’shatish, tsex skladi, xom-ashyoni tayyorlash (metall zarrachalridan tozalash), buyumni shakllash, buyumga mexanik ishlov berish, buyumni sifatini tekshirish va yashiklarga joylashtirishdan iborat. Maxsulotni tayyorlash texnologik tartib parametrlarning xar qaysisi aloxida eksperiment o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi, bular materialga pressformaning konstruktsiyasiga maxsulotning katta kichikligiga bog’liq. Maxsulotlarning sifatini aniqlash paytida quyidagi jarayonlar sodir bo’ladi. -Material tsilindrida isitish. -Suyuqlikni yuborish platformani to’ldirish va bosim ostida ushlab turish. -Materialning shakliga keltirib sovitish. -Maxsulot soviganidan so’ng platformani ochiladi va maxsulot pressformada materialning kirishi xisobiga maxsulot qolipdan ajaratib olinadi. Bu xavo bosimi ostida yoki boshqa usullar yordamida amalga oshiriladi. Bosim ostida quyish mashinasi – “LS Mtron (hajmi 3149 sm3)” Jarayon nomi: Bosim ostida quyish. Tayyorlash metodi: Avtomat yarim avtomat Press-forma (quyish formasi) Tip-statsionar. Sovitish tizimi suv bilan. 1. Mashinani qizdirish. Bosim ostida quyish mashinasining zonalari bo’yicha temperaturasi Yuklash zonasi 190ºS 1-zona 210-220ºS 2-zona 230-240ºS 3-zona 240-250ºS 4-zona 250-260ºS 2. Maxsulotni quyish Ichki temperatura Puanson 50ºS Matritsa 60ºS Monometr bo’yicha 120-60 mPa. Termoplastlarni qayta ishlashpipg keng tarqalgan usullaridan biri bosim ostida quish usulidir. Bu mahsulotlarning o’ta yopishqoqligi va quyish sifatiga bo’lgan talabning yuqoriligi bu jarayonni yuqori bosim ostida olib borishni taqozo etadi. Ancha kichik temperaturalarda yopishqoq-oquvchan holatga o’tuvchi plastiklarga polistirol, u asosidagi kompozitsiyalar, polistirol sopolimerlari, atsstil-tsellyuloza stiroli, polietilen, polikaprolaktam (kapron) va h.k.lar kiradi. Termoplastlarni bosim ostida quyish usullariga "markazga intilma quyish" kiradi. Bu usulda porshen yoki chervyakli vint kabi preslovchi qism (a’zo, organ) bilan ta’minlangan maxsus quyish mashinalari yordamida yuqori bosim (15000 n/sm2) ostida qo’yiladi. Bosim ostida quyish reaktoplastlarni qayta ishlashda ham qo’llaniladi, biroq, bu amal quyish mashinalarida emas, maxsus quyish presslarida amalga oshiriladi. Bosim ostida quyish jarayonining asosiy parametrlari quyidagilar: Quyish harorati; Quyish bosimi; Qolip harorati Sikl vaqti. Bundan tashqari yuqorida keltirilgan boshqariluvchi parametrlardan tashqari bosim ostida quyish jarayonining borishiga buyumning o’lchamlari va shakli, quyish tizimi konstruksiyasi, quyish mashinasi konstruksiyasi va material xossalari ta’sir qiladi. Bosim ostida buyum olish jarayonida quyidagi brak turlari bolishi mumkin ( jadvalga qarang):
Sanoatda plastmassalarni quyish mashinalari XX asr boshlarida qo’llanila boshlandi, 40-50 yillardan esa keng ko’lamda qo’llaniladigan bo’ldi. Ularni takomillashtirish ishlari ham avtomatlashtirish yo’nalishida, ham ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish yo’nalishida olib borildi. Hozirgi vaqtda quyish mashinalari massasining va o’lchamining keng diapozonida (bir necha grammdan 12-15kg.gacha, 1mx1,5m.gacha) yasaladi. Quyish mashinalarining konstruktiv sxemalari ishlash jihatidan bir-biriga o’xshash bir qator bo’g’inlarga egadir: quyiluvchi plastik miqdorini tartibga solish bo’g’ini; plastikni yopishqoq-oquvchan holatgacha erituvchi bo’g’in; qolipga quyuvchi bo’g’in; qolipni mexanizmga bog’lovchi, ajratuvchi va jo’natuvchi bo’g’in; dastak; Birinchi uch bo’g’in purkashni amalga oshiruvchi bir butun blokni tashkil qiladi, to’rtinchi bo’g’in esa qolipni ulovchi bo’g’indir. Rotorli ulovchi mexanizmli ko’i poriiyali quyish mashinalarining modellari xozircha ko’p emas va ular qalin devorli mahsulotlarni uzoq muddat sovitish orqali quyish uchun ishlatiladi (burish stolining o’rni bir necha marotaba o’zgartiriladi). 1954 yilda karuselь tipidagi press-quyish mashinasining tajriba nusxasi yaratildi. Bu mashinada aylanuvchi stol atrofiga tartib soluvchi, bog’lovchi, purkovchi, sovutuvchi, ajratuvchi va jo’natuvchi bo’g’inlar joylashgan. Bunday modeldagi mashinalar xozircha keng qo’llanilayotgani yo’q. Quyish mashinalarini quyish bo’g’ini ishlash usuliga qarab turlicha sinflarga ajratish mumkin: Bulardan tashqari, mashinalarni uzatkichlariga qarab elektromexanik, gidravlik turlarga bo’lish mumkin. Purkash va qolipni ulash bloklarining o’zaro joylashishiga qarab quyish mashinalari gorizontal, vertikal va burchakli mashinalarga bo’linadi. Mahsuldorligi va mahsulot massasi keng diapozonli bo’lgan gorizontal mashinalar eng ko’p tarqalgan. Ularning asosiy jihati shundaki, ularda qotirilgan qoliplar bilan ishlash qulay. Quvvatining ortishi bilan ular egallaydigan maydonning tez kattalashib ketishi esa bu mashinalarning kamchiligidir. Vertikal mashinalar ko’proq ko’chma qolipli maxsulotlarni quyishda ishlatiladi, chunki bularda bloklar qoliplarni ko’chirish uchun qulay holatda joylashgan. Katta xajmdagi vertikal mashinalarnipg bo’yi juda ham baland bo’lishiga va ularga xizmat ko’rsatishda noqulayliklarga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham vertikal mashinalar asosan kichik xajmda ishlab chiqariladi. Burchakli mashinalar vertikal va gorizontal mashinalarning yaxshi jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, ular katta xajmdagi mahsulotlarni quyishda ishlatiladi. Predplastikatsiyasiz ishlovchi bir qatorli porshenli mashina tasvirlantan. Bunkerdan me’yorlovchi tsilindr orqali plastik maxsulotlarning qolip hajmiga teng mikdori qabul kamerasiga kelib tushadi va porshen yordamida qizdirish kamerasiga o’tadi. Oquvchan holatgacha qizdirilgap mahsulot to’ldirish kanali orqali o’tib qolipga tushadi va uni to’ldiradi. Sovuq qolip sirtlarida plastik soviy boshlaydi va ksrakli muddat ushlab turilgandan so’ng to’liq soviydi. Sovish davrida uning hajmi kichrayib borgani uchun, bu davrda ham to’ldirish yo’li orqali qolip to’ldirib turiladi. Sovitishning birinchi davrida qolipdagi bosim o’zgarmas turadi va maxsulot chekkalari (pereferiyalari) qota boshlaydi. Keyin esa qolipning ikkala qismi to’ldirish kanalidan uzoqlashtiriladi va quyish to’xtatiladi. Mahsulot qotadi va o’lchamlari bir qadar kichrayadi; qolipdagi bosim nolgacha tushadi; qolip ajratiladi va mahsulot chiqarib yuboriladi. Bu vaqtda porshen boshlang’ich holatga o’tadi va yangi tsikl uchun tayyor bo’ladi. Bo’shagan yarim qoliplar birlashadi va to’ldirish yo’liga (kanaliga) tutashadi va yangi tsikl boshlanadi. “LS Mtron” (hajmi 3149 sm3) bosim ostida quyish mashinasining asosiy parmertlari quyidagilar: Suyuqlanmani purkash xajmi, g/sm3 – 260 L/D – 20 Dvigatelь quvvati, kVt – 110 Xaroratni tartibga solish intervali, 0S –50-300 Chervyakni aylanish chastotasi, ayl/min – 8-80 Elektr qizdirgich quvvati, kVt – 35 Og’irligi, kg – 5200 Bir qatorli bosim ostida quyish mashinalarining mahsuldorligi G (kg/min) kuyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi: 1) bir marta solinadigan mahsulot hajmi (V hajm birligida yoki Gsht| etalon sifatida olingan quyma massasi birligida, ko’pincha polistirol bo’yicha) va 2) vaqt birligi (min) dagi tsikllar soni z: Mahsuldorlik G plastikka u purkash tsilindrida turgay vaqtida unga kerakli miqdor issiqlikni berish va mahsulot qolipda qotayotgan vaqtda undan shuncha issiqlikni ajratib olish imkoniyati bilan aniqlanadi. Mahsulotni, u tsilindrda turgan vaqtda th qizdirish va eritish uchun zarur bo’lgan issiqlik mikdori q (kdj), quyidagi formulada topiladi: bunda: Gsht— bitta quyma massasi, kg; s — xom ashyoning issiqlik sig’imi, kdj/kg-grad; tn i tk — tsilindrdagi mahsulotning boshlang’ich va oxirigi tsmperaturasi, °K. Xom ashyoga tn vaqt ichida isitkichdan berish lozim bo’lgan issiqlik kuyidagicha hioblanadi: bunda: q — issiqlik miqdori; G’ — xom ashyo tsilindrining isitish sirti, m2; K — isitish vositasidan xom ashyoga issiqlik o’tkazish koeffitsiyenti, kvt/m2-grad; Atsr — issiqlik uzatish vositachisi va isitilayotgan mahsulot temperaturalari orasidagi o’rtacha farq, grad; t — plastikning tsilindrda bo’lish vaqti, sek. Mahsulotdan sovish paytida ajratib olinishi lozim bo’lgan issiqlik mikdori: bunda: t1n i t1k — quymaning sovitish boshi va oxiridagi temperaturasi (t1n t1k ). Demak, shuncha issiqlik sovitish vositasiga uzatilishi lozim: (1) Sovitish vaqti svt mashipa davri ts dan qolipni ochish, mahsulotni chiqarib yuborish, qolippi yopish va to’ldirish kanaliga ulashga ketgan ins ni va quyish vaqti ksh ni ayrish natijasiga teng: Tsvt = ts - ins - ksh (2) (1) formulaga svt (2) formuladagi ifodasini qo’yib: q 1 = G’1K1 tsr (ts - ins - ksh) ni hosil qilamiz. Tsvt ning (shuningdek, ksh ning) printsipial jihatdan aniqroq hisoblash metodi adabiyotlarda keltirilgan, biroq buning uchun bir qator kattaliklarni eksperiment orqali oldindan aniqlash lozim bo’ladi. Shunday qilib har qanday quyish mashinasipipg mahsuldorligini tepglamalar sisitemasini yechish patijasida aniqlash mumkin. Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling