Plastik massalarni qayta ishlash jihozlari


Xisob izox yozuvlarini mazmuni


Download 388.5 Kb.
bet2/11
Sana29.01.2023
Hajmi388.5 Kb.
#1139846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“LS Mtron” bosim ostida quyish

4.Xisob izox yozuvlarini mazmuni: Kirish, mavzuni asoslash, asosiy jihozning ishlash prinsipi, asosiy parametr va rejimlar, issiqlik balansi hisobi, mexanik hisob, texnika xavfsizligi, foydalanilgan adabiyotlar.
5.Chizmalar tarqibi va soni: 1. Asosiy dastgox
2.Asosiy dastgox qirqimi
6.Kurs loyixa raxbari: __________ ass. Xudoyberdiyev A.I
7.Topshiriqni qabul qildim:
8.Kurs loyixa bajaruvchi: Toshxo’jayeva Jamilaxon _________
(imzo)
TOSHKENT–2023
M U N D A R I J A

1.

KIRISH

4

2.

ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON TASNIFI

9

3.

ASOSIY JIHOZNING ISHLASH PRINTSIPI

15

4.

ISSIQLIK BALANS

26

5.

MEXANIK XISOBLAR

30

6.

ASOSIY JIHOZNI ISHLATISHDAGI TEXNIKA XAVFSIZLIGI

31

7.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

35



KIRISH

O’zbekiston Respublikasida sanoat, iqtisodiyot rivojlanishning asosiy omillari qishloq xo’jaligini rivojlantirish, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va mustaxkamlash navbatdagi eng ustuvor vazifa deb takidlangan, Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soxa va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik va orta biznesning maqomi, o’rni va axamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fermer xo’jaliklari, klaasterlar rivojini xar tomonlama qo’llab quvvatlashdan iboratdir. Bu vazifani bajarish uchun ishlab chiqarish soxasini va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko’rsatish soxalarini va infratuzilmani xar tomonlama rivojlantirish zarurdir. Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi kimyo sanoati yo’nalishlariga mos ravishda jadal suratlar bilan, ayniqsa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini maxalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi texnika taraqqiyoti rivojlanib bormoqda. O’zbekistonning ko’p korxonalari asosan polimerlarni qayta ishlash bilan shug’ullanadilar. Bunday korxonalarning eng kattalari “Sovplastital” Angrendagi “O’zbeqrezinotexnika” Jizzax plastmassani qayta ishlash, Qarshi plastmassalarni qayta ishlash, Samarkandpolimer trubalar va plastmassalardan eshik-rom ishlab chiqarish zavodi, Andijondagi plastmassalardan avtomobil detallari ishlab chiqarish va loq-bo’yoq korxonalari, Toshkent va Farg’onadagi sintetik teri ishlab chiqarish korxonalalari, Oxangaron va Sergelidagi plastmassalardan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, Toshkent loq-bo’yoq ishlab chiqarish korxonasi, AKFA kompaniyalar guruhi kabilar xisoblanadi. Undan tashqari O’zbekistonda biron-bir korxona yo’qki unda plastmassalarni olish yoki qayta ishlash tsexi bo’lmasa, bu tsexlarda shu korxonalarni o’ziga kerakli plastmassa maxsulotlari ishlab chiqariladi.
Yiliga 125.000 tonna chiziqli polietilen, Farg’ona, Toshkent shaxarlarida qurilgan 3 ta tsellyuloza ishlab chiqaruvchi korxonalarda esa 30.000 tonnadan ortiq tsellyuloza ishlab chiqarila boshladilar.
O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirishni 2015-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida ishga tushirilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarish unumdorligi bo’yicha Sho’rtangaz kimyo majmuasidan xam kattaroq polimerlar ishlab chiqarish va Uz Ko’r Gaz QK ning ishlab chiqarish unumdorligi 470 ming tonnadir. Yangidan-yangi polimerlar ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirilishi Respublikamizda polimerlarni qayta ishlash bo’yicha xam bir necha zamonaviy korxonalarni ishga tushirishga olib keldi. Bularga turli rangdagi materbatch tipidagi plastmassalarni ishlab chiqarish, polipropilenning sopolimerlaridan, gaz va suvlar uchun quvurlar ishlab chiqarish, polivinilxloriddan quvurlar va turli profillar ishlab chiqarish korxonalarini misol qilib keltirish mumkin.
Aytganlardan shu narsa ayon bo’lib turibdiki, o’zida polimer saqlovchi moddalar va polimerlarni ishlab chiqarish ularni tayyor maxsulotlarga aylantirish O’zbekistonda kundan-kunga rivojlanayapti va bundan keyin shu rivojlanish davom etadi. Shunday bo’lsada, barchamizga ayonki, polipropilen asosida issiq suvga mo’ljallangan quvurlar bizning respublikamizda juda kam ishlab chiqariladi, mavjud ehtiyoj asosiy qismi import qilib qoplanadi. Shuning uchun xam bu maxsulotga bo’lgan talab xozirda yuqoridir. Mavzuning dolzarbligi polipropilen uchun svetastabilizatorlarni arzon xamda serob bo’lgan ikkilamchi xom ashyolardan foydalanilgan xolda olinishi, shuningdek muxim ekologik muammo – atrof muxit ifloslanishiga chek qo’yilishdir. Ishlab chiqarish chiqindisi gaz sajasi asosida polipropilen uchun yuqori samarali svetastabilizatorlar yaratish va ular asosida issiq suvni uzatishga mo’ljallangan quvurlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Maxalliy xomashyo resurslaridan foydalanish maksadida gaz sajasini fizik modifitsirlab, issiq suvga mo’ljallangan quvurlar olishda qo’llaniladi. Ishda polipropilenning termik va termooksidlanish destruktsiyasi tadqiq qilindi. Bizga ma’lumki, xozirgi kunda polimer maxsulotlariga, jumladan polipropilendan sovuq suvga mo’ljallangan quvurlarga bo’lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Polipropilen xomashyosini Rossiya va boshqa davlatlardan sotib olinishi esa maxsulot tannarxining yanada oshishiga olib keladi. Shu sababga ko’ra ko’pgina polivinilxlorid va polpropilenni qayta ishlaydigan korxonalar o’z ish faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi. Qoraqalpog’iston AR dagi “Ustyurtgazkimyo” va Navoiy viloyatlarida qurilishi boshlanayotgan yirik sanoat korxonalari o’zimizning maxalliy xomashyolar asosida ishlab, yaqin kelajakda polpropilen xomashyosini ishlab chiqarishi mo’ljallanmoqda Polipropilen xomashyosini yo’lga qo’yoilgandan so’ng uni qayta ishlaydigan korxonalar xam o’z-o’zidan ko’payishi tayindir. Demak, oxirgi damlargacha ishlab kelgan polipropilen xom-ashyosini qayta ishlash korxonalarning texnologik liniyalarini modernizatsiya qilib, ularni zudlik bilan takomillashtirish kerak bo’ladi. “Ustyurtgazkimyo” majmuasi tomonidan polipropilen xom-ashyosini ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgach, u asosida turli xil va diametrlarda quvurlar ishlab chiqariladi. Polipropilen tashqi ko’rinishi va ayrim xossalari bilan polietilenga o’xshash, lekin xaroratga turg’unligi polietilendan yuqori va bu ko’rsatkich 160-170°S ni tashkil etadi. Shu bilan birga polipropilen mo’rt polimerdir, mo’rtlik temperaturasi 10-15°S ga teng.
Polimerlarni qayta ishlashda texnologik usullariga quyidagilar kiradi: bosim ostida quyish, ekstruziyalash, kalandrlash, pigmentlar va polimerlardan kompozitsiya olish, polimer plyonka yuzasini modifikatsiyalash va boshqalar kiradi. Bosim ostida quyish, ekstruziyalash usullari keng tarqalgan va eng unumli usullardan biri bo’lib, unda polimerlar oqimini kuzatish mumkin. Bunda ularning fizik kimyoviy xossalari o’zgarmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va maxsulot sifatini yaxshilash maksadida plastmassalarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalar, mikroprotsessorli texnika va sanoat robotlarini keng qo’llash xozirgi kun talabidir.
Xar bir polimerdan qanday buyum yoki maxsulot ishlab chiqarish kerakligini va shu maxsulotga bo’lgan talabni yaxshi o’rganish lozim. Polimerlarni plastmassa, rezina-texnika buyumlar, lok-bo’yoq materiallar va tolalar olish uchun qayta ishlashda xomashyoni to’g’ri tanlay olish va buning uchun polimerlarning xossalarini, tuzilishini va ularni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni yaxshi bilish kerak bo’ladi. Plastmassa va rezina-texnika buyumlarni ishlab chiqishda chiqindilar xosil bo’lishi mumkin. Polimerlarni qayta ishlashda reologiya fani katta ro’l o’ynaydi, chunki polimerlarni qayta ishlash jarayonlarda deformatsiyalanish va oquvchanliq aloxida o’rin egallaydi. Polimerlarning kristallanish darajasi orqali maqromolekulalarning oriyenttsiyalanishini rostlash, tekstil tolalari va plyonkalar ishlab chiqarishda ularning mexanik xossalarini yaxshilash mumkin. Bunda materiallarning fizik xossalari qaytmas tarzda o’zgaradi va oqish jarayonida kimyoviy reaktsiyalar sodir bo’lmaydi.
Polimerlar taxminan 1970-yillardan boshlab ishlab chiqarila boshlangan bo’lib, xozirgi vaqtda “Navoiyazot” zavodida poliakrilnitril, poiaqrilatlar, Farg’onada xar xil furan smolalari, poliamid-6, asetiltsellyuloza, Namanganda QMS va Qashqadaryo Sho’rtangaz kimyo majmuasida polietilen yiliga 125 000 tonna ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Plastmassani zamonaviy qayta ishlash sanoati yangi usullarga asoslangan bo’lib, unda yangi uskunalar qo’llaniladi. Individual polimerlar polimerkompozitlar va polimerlar aralashmasi bilan almashtirilib ishlatilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga bag’ishlangan ma’ruzasida joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo’lga qo’yildi va bu tashkiliy choralar xududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yil davomida biz uchun g’oyat muxim bo’lgan yangi ish o’rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo’ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko’rsatish ob’yektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish xisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi” deb ta’kidlab o’tganlar. Natijada materiallarning xossalari kengaymoqda va ulardan xalq iste’moli buyumlaridan tortib xarbiy texnikada qo’llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda.



Download 388.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling