Plastmassalar
Davlat mukofotiga sazovorlar
Download 231.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Plastik massalar kimyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy tavsiloti
Davlat mukofotiga sazovorlar
Kafedra professori T.M. Boboevning ko‘p yillar davomida kimyogar mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha olib borgan mehnatlari Davlatimiz tomonidan yuksak baholanib 2008 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan YOshlar murabbiysi degan faxriy Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Davlat ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy tavsiloti Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari oxirgi yilda O‘zR Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo‘mita tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan quyidagi ilmiy mavzularda davlat grantlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar: 1. OT-F.3-151 «Polimerlar biologik faol moddalarni tashuvchilari sifatida, ingibitorlar. Deterpenoidlar ta’sir mexanizmi», raxbar – k.f.d. Muxamediev M.G. 2. K.12-016 «YUmshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik kasalliklarini davolash uchun kombinirlangan bakteritsid bog‘lovchi materiallar», rahbar - Mirzaxidov X.A. 3. K.12-001 «CHorva mollari ginekologik kasalliklarining oldini olish va davolash uchun yuqori samarali polimer dorilar yaratish va veterinariya amaliyotiga tavsiya qilish», rahbar - Babaev T.M. 4. OT-3.F.145. “Tabiiy birikmalar asosidagi yangi supramolekulyar komplekslar sintezi, fizik- kimyoviy xossalari va biologik ta’sir mexanizmi”, rahbar: Muxamediev M.G. Kafedrada turli ishlab chiqarish korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, ushbu xo‘jalik shartnomalari doirasida kafedra xodimlari ishlab chiqarish korxonalari muammolarini echish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Quyida xozirda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari keltirilgan: 1. X/d №45/2011. «Razrabotka texnologii izvlecheniya indiya texnologicheskix rastvorov AGMK ionoobmennыmi materialami», «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Rustamov M.K. 2. X/d №47/2011. «Razrabotka texnologii izvlecheniya dragotsennыx metallov iz obrabotannыx rastvorov affinajnogo sexa AGMK». «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Karimov M.M. 3. X/d №52/2011 «Razrabotka opыtno-promыshlennoy texnologii izvlecheniya redkix metallov iz texnologicheskix rastvorov AGMK ionoobmennыmi materialami». «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Karimov M.M. 4. X/SH 08/2008. UDP Muborakneftegaz bilan «Opыtno-texnologicheskie issledovaniya po izvlecheniyu iz poputnыx vod yoda po ob’ektam Muborakneftegaz». Rahbar - Muxamediev M.G. Kafedra mudiri M.G. Muxamediev halqaro TEMPUS programmasining CANDI loyixasi (Vena universiteti, Vena texnologiya universiteti, Myunxen texnologiya universitetlari bilan hamkorlikda) bo‘yicha ishlarda qatnashishib kelmoqda. Oxirgi yillarda kafedra xodimlari qatnashgan va ular tomonidan bajarilib kelingan Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalarida soni va ularga ajratilgan mablag‘lar quyidagi jadvalda keltirilgan: Loyixalar 2008/2009 (mln. sum) 2009/2010 (mln. sum) 2010/2011 (mln. sum) Loyixalarning umumiy soni 5 (88) 5 (142.4) 9 (252.9) Jumladan Davlat grantlari 4 (48) 4 (62.4) 4 (82.9) Xujalik shartnomalari 1 (40) 2 (80) 4 (170) Xalqaro grantlar - - 1 (90000 evro ) SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqorida keltirilgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda kafedrada ta’lim olayotgan barcha talabalar faol qatnashib kelishmoqda, ularning ilmiy mavzulari asosan loyihalar doirasidagi ilmiy ishlanishlar echimlariga qaratilgan. Download 231.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling