ko‘rsatkichni ekstruziyalash usuli bilan taqqoslang.
5. «Qolipdagi bosim —vaqt» quyish diagrammasini tahlil qiling.
6. Bosim ostida quyish mashinalari qaysi ko'rsatkich bo‘yicha sinflarga
ajratiladi?
7. Quyish qolipini konstruktiv jihatdan tushuntirib bering.
8. Sovitish vaqti, sikl vaqti qanday omillarga bog‘liq?
60
8-BOB.
PRESSLASH
8 .1 . P resslash usuli haqida tushuncha
Buyum olish uchun polimer materiallar quyidagi ko'rinishda
bo‘lishi mumkin: kukun, granula, tabletka, pasta va h.k. Bunday
materiallardan buyum tayyorlash uchun unga tashqaridan bosim
bilan ishlov berish kerak. Shunda material buyum shaklini oladi (14-
rasm).
Presslash — texnologik jarayondir. Bu usul orqali polim er
materiallardan buyum ishlab chiqariladi. Bu usulda bosim ta’sirida
material plastik deformatsiyaga uchrab, qolip shaklini egallaydi. Agar
shakl berilayotgan m aterial isitm asdan turib plastik deform a-
n
JL
14-rasm.
Kompression presslash
operatsiyalari sxemasi:
A
A — pressning umumiy ko‘rinishi;
1 — qotish va sovitish,
2 — isitish va sovitish,
3 — gidravlik bosim,
4 — plita,
5 — puanson,
6 — birlashtirgich,
7 — matritsa,
8 — plita,
9 — gidravlik porshen,
10 — kompozitsiya;
a
В — operatsiyalar:
a — press materialni
solish; b — qolipni
yopish; d — qolipni
Do'stlaringiz bilan baham: |