yoki bu usulni qo‘llash tenrioplastning xossasiga va tuzilishiga ham
bog'liq. Amalda amorf polimerlar qizdirilayotganda
material ostki
sathining harorati ishlov berish haroratidan yuqori bo‘Lishi kerak
(16-rasm).
Kristall polimerni qizdirish harorati esa polimerning yumshash
haroratidan yuqori bo'lishi shart. Shuni ham aytish lozimki,
ichki
yuza bilan tashqi yuza o‘rtasida harorat (ya’ni list qalinligi ikki to-
monidagi harorat) katta farq qilsa, salbiy
oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
& T = Т. - Tv
Bu farq katta bo‘lsa, termik destmksiya yuz beradi. Shu sababli
qalin zagotovkalarni ikki yoqlama qizdirish tavsiya qilinadi.
Hamma hollarda quyidagi shart bajarilishi kerak:
Ь Т < Td - Tsh,
bu yerda:
Td
— destruksiyalash harorati;
— shishalanish harorati.
Buyum hosil qilish harorati odatda tajriba orqali aniqlanadi.
Chunki bu texnologik
parametr polimer xossasiga, list qalinligiga,
buyum o‘lchami va konfiguratsiyasiga, uning kirishishiga bog‘liq.
Bu harorat to ‘g‘ri aniqlansa, olingan
buyumning fizik-mexanik
xususiyati yaxshi bo‘ladi.
Buyum siqilgan havo yoki vakuum orqali listni tortish (вы
тяжка) yo‘li bilan shakllanadi (17-rasm). Deformatsiyalanish tezligi
shunday tanlanishi kerakki, makromolekula
parchalanishsiz yangi
holatga o'tishi kerak. Agar deformatsiya tezligi maksimumga olib
borilsa, aniq bir haroratda makromolekulalar oriyentatsiyasi sodir
bo'ladi. Tortish tezligi odatda siqilgan
havo sarfi bilan tartibga
solinadi.
Shakllanish jarayoni cho'zish koeffitsiyenti orqali baholanadi va
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
71