Bundan tashqari 2 mikron qalinlikdagi metall qoplamalar elektr
o ‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. 30—50
mikronli qoplamalar
materialning mustahkamligini va issiqlikka chidamliligini oshiradi.
Polimerlarni metall bilan qoplash uch asosiy:
1) mexanik;
2) fizikaviy;
3) kimyoviy guruhga bo‘linadi.
M e x a n i k u s u l da qoplama oldindan tayyorlab olinadi,
shundan so‘ng yuzaga qoplanadi (metall
falgani qoplash yoki
yelimlab yopishtirish).
F i z i k a v i y u s u l , bunda yuzasi yuqori vakuum langan
sovitilgan polimerga metall bug'lari o‘tirtiriladi.
Shuning uchun bu
usul ko‘pincha vakuum qoplamasi deyiladi. Bu usul bilan ko‘proq
PS, PE, ABS plastik PETF mahsulotlari va plyonkalar sirtini
qoplashda foydalaniladi.
K i m y o v i y y o k i k i m y o v i y - g a l v a n i k qoplamalar.
Bu usul bilan polim er yuzasida kimyoviy reaksiya amalga
oshirilib, uning sirtini metall bilan qoplanadi.
Buning uchun yuza
yaxshilab tayyorlanadi, so ‘ng yuzaga m etallni qayta tiklash
katalizatori o'rnatilib, yupqa metall
qatlami hosil qilish uchun
metall eritmasi purkaladi. Bunda katalizator tufayli polimer o‘z
holiga keltiriladi.
Galvanik qoplash shu usulga o‘xshash bajariladi. Shuning uchun
aw al kuchsiz tok beriladi, so'ngra qoplama qalinligi talab etiladigan
holatga kelguncha tok miqdori oshirib boriladi. Bu usul bilan ko‘p
qatlamli qoplama olish ham mumkin.
11.6. Yelimlash
Plastmassalarni o‘zaro va boshqa materiallar
bilan biriktirib
buyum olishda (ayniqsa, texnik buyumlar) oddiy va arzon bo'lganligi
sababli, yelimlash usuli keng tarqalgan (13-jadval).
Bu usulning a f z a l l i k l a r i quyidagilardan iborat:
1) yelimlash orqali mustahkam ko‘rsatkichlarga ega bolgan
yupqa va qalin qatlamli har xil detallar olinadi;
2) yelimlab biriktirilgan joylarda ichki
kuchlanish bir tekisda
taqsimlanishi tufayli uning turg‘unligi oshadi.
3) yelimlangan yuza, odatda, silliq bo‘lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: