Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Plastmassalar sirtini metall bilan qoplash


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

11.5. Plastmassalar sirtini metall bilan qoplash
Bu jarayonda plastmassa mahsulotlar (yarimfabrikatlar ham) 
sirtiga metall qoplama beriladi. Bu usul bilan yupqa qoplamalar olish 
mumkin. Qoplama har xil qalinlikda bo‘lishi mumkin (0,014-0,1 
mikron).
Bunday qalinlikdagi qoplamalar manzarali mahsulot olishda, 
yaltiroq, nur qaytaruvchi buyumlar olishda keng qo ‘llaniladi.
6 — T. Abdurashidov
81


Bundan tashqari 2 mikron qalinlikdagi metall qoplamalar elektr 
o ‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. 30—50 mikronli qoplamalar 
materialning mustahkamligini va issiqlikka chidamliligini oshiradi.
Polimerlarni metall bilan qoplash uch asosiy:
1) mexanik;
2) fizikaviy;
3) kimyoviy guruhga bo‘linadi.
M e x a n i k u s u l da qoplama oldindan tayyorlab olinadi, 
shundan so‘ng yuzaga qoplanadi (metall falgani qoplash yoki 
yelimlab yopishtirish).
F i z i k a v i y u s u l , bunda yuzasi yuqori vakuum langan 
sovitilgan polimerga metall bug'lari o‘tirtiriladi. Shuning uchun bu 
usul ko‘pincha vakuum qoplamasi deyiladi. Bu usul bilan ko‘proq 
PS, PE, ABS plastik PETF mahsulotlari va plyonkalar sirtini 
qoplashda foydalaniladi.
K i m y o v i y y o k i k i m y o v i y - g a l v a n i k qoplamalar.
Bu usul bilan polim er yuzasida kimyoviy reaksiya amalga 
oshirilib, uning sirtini metall bilan qoplanadi. Buning uchun yuza 
yaxshilab tayyorlanadi, so ‘ng yuzaga m etallni qayta tiklash 
katalizatori o'rnatilib, yupqa metall qatlami hosil qilish uchun 
metall eritmasi purkaladi. Bunda katalizator tufayli polimer o‘z 
holiga keltiriladi.
Galvanik qoplash shu usulga o‘xshash bajariladi. Shuning uchun 
aw al kuchsiz tok beriladi, so'ngra qoplama qalinligi talab etiladigan 
holatga kelguncha tok miqdori oshirib boriladi. Bu usul bilan ko‘p 
qatlamli qoplama olish ham mumkin.
11.6. Yelimlash
Plastmassalarni o‘zaro va boshqa materiallar bilan biriktirib 
buyum olishda (ayniqsa, texnik buyumlar) oddiy va arzon bo'lganligi 
sababli, yelimlash usuli keng tarqalgan (13-jadval).
Bu usulning a f z a l l i k l a r i quyidagilardan iborat:
1) yelimlash orqali mustahkam ko‘rsatkichlarga ega bolgan 
yupqa va qalin qatlamli har xil detallar olinadi;
2) yelimlab biriktirilgan joylarda ichki kuchlanish bir tekisda 
taqsimlanishi tufayli uning turg‘unligi oshadi.
3) yelimlangan yuza, odatda, silliq bo‘lib chiqadi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling