Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

11.3. Kimyoviy payvandlash
K im yoviy p ay v an d lash — b irik tirila d ig a n y u zalarn in g
makromolekulalararo kimyoviy bog‘lanishini tashkil etish natijasida 
amalga oshiriladi. Bu usul term oplast va reaktoplastlardan 
tayyorlangan detallarni payvandlashda qo'llaniladi.
Termoplastlarni bu usul bilan qo‘shimcha materiallar qo‘shib 
yoki ularsiz ham payvandlash mumkin. Payvandlash jarayoni chok 
h o sil b o ‘lad ig an h u d u d g a (zo n ag a) issiq lik b erish o rq ali 
tezlashtiriladi.
Oriyentirlangan PETF plyonkalar quyidagicha payvandlanadi: 
payvandlanadigan yuzaga aseton yoki benzindagi dikarbon kislotasi 
angidridi izomerining aralashmasi surtiladi, so‘ng plyonka taxlanib 
bosim ostida 180—200°C da qizdiriladi va 1—3 sekund ushlab turiladi. 
Bu vaqtda payvandlanadigan yuzada kimyoviy bog‘lanish reaksiyasi 
ro‘y beradi. Shunga o ‘xshash termoplastlarni kimyoviy payvandlash 
ham misol bo‘ladi va h.k.
Reaktoplastlarning kimyoviy payvandlanishi uning tarkibida 
detal payvandlangandan so‘ng qoladigan funksional (kimyoviy) 
guruhlar miqdori bilan belgilanadi. Bu guruhlar yetarli bo‘lgan 
taqdirda detallar yuzasi murakkab kimyoviy boglanishlar hosil 
qilib, detallar mustahkamligini ta ’minlaydi. Yuza YChT va boshqa 
usullar bilan 150—200°C gacha bir minut davomida qizdiriladi. 
Fenol-form aldegidning o ‘zi bog‘lovchi hisoblanib, bu yerda 
qo'shimcha materiallar qo‘shilmaydi. Agar yuzalarda funksional 
guruhlar yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha materiallardan foydalaniladi. 
Bunda detallar yuzasiga shu tipdagi smola purkaladi va payvandlash 
yuqorida keltirilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Bu usul bilan 
qotirilgan poliefir, epoksid va boshqa polimerlar payvandlanadi.
8 0


11.4. Metall sirtida plastmassa qatlami hosil qilish
Bu usuldan yupqa devorli m ahsulot olish yoki qoplam a 
tayyorlashda (suyuq yoki kukun holidagi polimer) foydalaniladi. 
Bunda, asosan, termo- yoki reaktoplastlar purkaladi.
Purkash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
1) detallar bazasini tayyorlash;
2) yuzaga polimemi bir tekis purkash;
3) purkalgan yoki y u ritilg an p o lim ern in g m o n o litlig in i 
ta’minlash;
4) qo‘shimcha termik ishlov berish;
5) konstruksiyani sovitish.
Polimemi purkashning bir necha usuli bor: elektr maydonida 
purkash, bunda qolipga musbat, purkaladigan kukunga manfiy 
zaryad beriladi. Bunda purkaladigan kukun zarrachasi detal yuzasiga 
bir tekis purkaladi. Purkalgan polim er 10 m ikrondan 1 mm 
qalinlikkacha bo‘lishi mumkin.
Elektr maydonida purkash usuli boshqa usullarga nisbatan keng 
tarqalgan, chunki usulni maksimal avtomatlashtirish mumkin va 
kam mehnat talab qilinadi. Bu usulning к a m с h i 1 i g i — qoplama 
yuzadan ajralib ketishi mumkin. Yuza sifatsiz tayyorlansa shunday 
boMadi. Bunday qoplamalar metallni korroziyadan yaxshi himoya 
qiladi.
Idishdagi polimer kukun 50— 150°C atrofida qizdirilgan metall 
buyum ustiga (ayniqsa, murakkab konstruksiyaga ega boMgan) 
solinadi, ya’ni purkaladi. Bu usulning qiymatini zaryad berish yo‘li 
bilan oshirsa ham bo‘ladi. Polimer kukunlami gaz alangasida purkash 
orq ali ham m etall buyum larning ek sp lu atatsio n xossalarini 
yaxshilash mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling