Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
82
/З -jadval Yelimlash namunaviy texnologik sxemasi Yelimlash usulining k a m c h i l i k l a r i quyidagilar: 1) polim erlardan tayyorlangan ko‘p yelimlar faqat issiqlik ta ’sirida qotadi; 2) polimer yelimlar ko‘p holatda zaharli moddalarni o ‘zida saqlaydi yoki qotish jarayonida shunga o ‘x$hash moddalar ajralib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, jarayonning murakkablashishiga olib keladi. Yelimlash jarayoniga fizik-kimyoviy nuqtayi nazardan qaral- ganda, unda «adgeziya» va «kogeziya» kuchlarining roli katta. Adgeziya, yuqorida qayd etganim izdek, yelim zarrachalari va yelimlanayotgan yuza o‘rtasidagi bog‘lanishdir, kogeziya esa yelim bo‘laklari orasidagi qovushishdir. Kogeziya va adgeziya kuchlariga qarab yelimlangan buyumda uzilish yelim bo‘yicha yoki yelim asos 83 yuzasi bo‘yicha ketishi mumkin. Agar uzilish yuza orqali ketsa, unda yelim shu yuza uchun, yoki yuza umuman yaxshi tayyorlanmagan bo'ladi. Yelim massasida uzilishga yelimning qalinligi, haddan tashqari qalinligi yoki qotgandan so‘ng uning mexanik mustah- kamligining pastligi sabab bolishi mumkin. Yelimlab biriktirish mustahkamligi yelim to ‘g‘ri tayyorlangan- ligidan tashqari boshqa omillarga ham bog‘liq, ya’ni: yuzani tayyorlash; yelim qalinligi; yelimlashda bosim miqdori berish; yelimlash davomiyligi va harorat ostida ushlab turish va hokazolar. Yelim sifatida, asosan, quyidagi polimerlar ishlatiladi: — epoksid va kremniy organik birikmalar (birgalikda ishlatilsa yuqori adgeziya kuchiga ega va yuqori haroratga chidamli yelim hosil bo‘ladi); — fenol-formaldegidli smolalarning kauchuklar bilan birga hosil qilgan yelimi; — termoplast .va termoreaktiv smolalar aralashmasi (masalan, BF yelimi, kogeziya va adgeziya kuchlari). Suyuq yelimlardan tashqari qattiq va plyonka holatidagi yelim- lovchi materiallar ham ko‘p qoilaniladi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling