12.3. Kauchuk va rezinaning texnologik va
fizik-mcxanik xossalari
Kauchuk va rezina aralashmasining muhim texnologik xossalariga:
plastoelastik
va adgezion yopishqoqlik, hamda rezina aralashmasi
uchun vulkanlash xossalari kiradi.
Aralashtirish va shakllash jarayonida kauchuk va rezina aralash
masining o ‘zini qanday tutishini baholash uchun eng m uhim
ko‘rsatkich bo‘lib, plastik va yuqori elastik deformatsiyalarining
umumiy deformatsiyada
bir-biriga nisbati, boshqacha aytganda,
plastoelastik xossasi hisoblanadi.
Materialning plastikligi deb, osonlik bilan
deformatsiyaga uch-
rashi va deformatsiyalovchi. kuch olingandan keyin shaklini saqlab
qolish xususiyatiga aytiladi. Elastiklik xossasi deb,
materialda qayta
deformatsiya sodir bo‘lishi yoki boshqacha qilib aytganda, elastik-
likning tiklanishiga aytiladi. Plastiklik xossasining harorat ta ’sirida
o ‘zgarishi uning termoplastikligini
va materialning shakllanish
xususiyatini ko‘rsatadi.
Vulkanlash jarayonida rezina aralashmasining plastiklik xossasi
kamayadi va yuqori elastiklik xossasi ortib boradi. Rezina plastoelastik
xossasining harorat ta ’sirida o ‘zgarishi
aralashmani vulkanlashga
bogMiqligidan dalolat beradi.
Rezina aralashmasini qayta ishlashda va uni saqlashda yuqori
haroratda kauchuk bilan vulkanlovchi reagent orasida sodir bo‘la-
digan reaksiya uning noma’qul plastoelastik xossasining o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi. Bu o‘zgarish
Do'stlaringiz bilan baham: