Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Termoshakllash orqali buyum olish usullarini aytib bering 11-BOB.
- 11.1. Polimerlarni payvandlash
Nazorat savollari
1. Qanday materiallardan vakuum va pnevm oshakllash usuli bilan buyum olinadi? 2. Rotatsion usulda buyum olish uchun materialning holati qanday b o ‘lishi kerak? 3. K o‘proq qanday termoplastlardan rotatsion shakllash usuli bilan buyum olinadi? 4. Shakllash sikli tarkibi nimalardan iborat? 5. Olingan buyum sifatiga shakllash rejimi qanday ta’sir ko'rsatadi? 6. Rotatsion shakllash bilan puflab shakllash usuli bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 7. Suyuq holatda shakllash usuli qanday usul hisoblanadi? 8. Termoshakllash orqali buyum olish usullarini aytib bering? 11-BOB. POLIMERLARNI POLIMERLAR BILAN УА POLIMERLARNI METALLAR BILAN BIRIKTIRISH Polimerlarni qayta ishlashda va ulardan buyum olishda polimer- larni polimerlar bilan va polimerlarni metallar bilan biriktirishning bir qator usullari mavjud va ular asosiy operasiyalar qatoriga kiradi. Bunda biriktirilgan materiallarning mustahkamligi biriktirishda hosil bo‘lgan bog'lanishga juda bog‘liq bo‘lib, bu olingan materialning sifatini belgilaydi. Ma’lum ekspluatatsion xossaga ega bo‘lgan buyum olish uchun payvandlash, changlatish, metall bilan qoplash va yelimlash usullari qo‘llaniladi. 11.1. Polimerlarni payvandlash Ajralmas bog‘lanishlar hosil qilish har xil usullar bilan bog‘- lanadigan yuzalar chegarasida kuchli fizik va kimyoviy bog‘ hosil qilishdan iborat. Agar texnologiya to ‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, payvand lash chegarasi umuman ko‘rinmaydi va olingan buyum monolit holatda bo‘ladi. Payvand bog‘lanish olish uchun qo‘llaniladigan texnologik sxema quyidagidan iborat: 1) payvandlanadigan yuzalarni tayyorlash (mexanik kirlanish- lar, moylanishlar, oksidlanishlardan tozalash); 2) yuzalarni bir-biriga kontaktga keltirish; 3) siqish bosimi, isitish, eritmalar, va kimyoviy reagentlar ta ’sir ettirish; 4) yuqori haroratda ushlab turish yoki sovitish; 5) mexanik ishlov berish (zaruriyat tug‘ilganda). Payvandlash jarayoni uzlukli yoki uzluksiz b o iish i mumkin. Uzluksiz jarayon list va plyonkadan uzluksiz payvand chok hosil qilish tufayli qadoqlash materiallari olishda qoMlaniladi. Payvandlash uchun barcha tipdagi term oplastlar, to ‘rsimon polimerlar va zinapoya tuzilishiga ega bo‘lgan makromolekulali polimerlar ishlatilishi mumkin. Payvandlash yelimlash, parchinlash, agar payvandlanadigan detallar kogeziya energiyasi zichligi bir xil boMgan polimerlardan iborat bo‘lib, boltlar yordamida biriktirish mumkin bo‘lmasa hamda juda katta ishlab chiqarish jarayonini talab etsa, presslash usullariga qaraganda afzal hisoblanadi. 77 Ajralmas birikmalar hosil qilish usullarini tanlashda payvandlash jarayonida sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarni bilish kerak. Ikki asosiy jarayon — atomlararo yoki molekulalararo bo‘g‘lanishlar polim er detallar yuzalarini biriktirishga olib keladi. Atomlararo payvandlanib bog‘lanishda kimyoviy jarayonlar, keyin fizikaviy, ya’ni diffuzion jarayonlar sodir bo‘ladi. Metallashtirilgan plastmassalar qator afzalliklarga ega (12-jadval). Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling